• Sug‘urta polisi
  • Sug‘urtada tarif siyosati
  • Siyosiy risk
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/132
    Sana16.11.2023
    Hajmi2,42 Mb.
    #100112
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132
    Bog'liq
    Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

    Sug‘urta zahiralari – sug‘urta summalarini to‘lashni kafolatlash maqsadida 
    sug‘urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, ma’lum bir vaqtda sug‘urta 
    qoplamalarini to‘lash uchun joriy sug‘urta mukofotlari yetmasa, sug‘urta 
    kompaniyasi zahira fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug‘urta zahiralariga 
    quyidagilar kiradi: hayotni sug‘urtasi bo‘yicha zahira fondlari, ro‘y bergan, ammo 
    arz qilmagan zararlarni qoplash zahiralari va boshqalar. Ushbu zahira fondlarining 
    mablag‘lari vaqtincha bo‘sh bo‘lgani uchun investitsiya maqsadlarida 
    foydalanilishi mumkin. Buning natijasida sug‘urta kompaniyasi qo‘shimcha 
    daromad oladi. 
    Sug‘urta polisi- sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi xujjat. 
    Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining 
    yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’ekti, sug‘urta 
    mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini 


    145 
    to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi 
    zarur. 
    Sug‘urtada tarif siyosati- sug‘urta operatsiyalarini zararsiz o‘tkazilishini va 
    sug‘urtalanuvchilarning manfaati yo‘lida sug‘urta tariflarini belgilash, aniqlash, 
    tartibga solish va tabaqalashtirish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining maqsadli 
    yo‘naltirilgan faoliyati. Sug‘urtada tarif siyosati quyidagi asosiy prinsiplarga 
    asoslanadi: 
    Netto-mukofotlar va sug‘urta qoplamasi o‘rtasidagi ekvivalentlik. Har bir 
    sug‘urta turi bo‘yicha netto-stavka zararlarning ehtimol tutilgan miqdoriga 
    maksimal darajada to‘g‘ri kelishi zarur. 
    Sug‘urtalanuvchilarning asosiy qismi uchun sug‘urta tarifi miqdorining 
    qulayligi. Tarif stavkalarini yuqori darajada belgilanishi sug‘urta ishini rivojlanishi 
    uchun to‘siq bo‘ladi. 
    Sug‘urta tarifi stavkalarining barqarorligi. Agar uzoq yillar mobaynida tarif 
    stavkalari o‘zgarmasa, bu holat sug‘urtalovchining nufuzini oshiradi. Sug‘urta 
    summalarining zararlilik ko‘rsatkichi kamaysa, sug‘urtalanuvchilarning manfaati 
    uchun sug‘urta tarifi stavkasini o‘zgartirmasdan javobgarlik xajmini ko‘paytirish 
    maqsadga muvofiqdir. 
    Sug‘urta operatsiyalarining rentabelligini ta’minlash. 
    Siyosiy risk- davlat organlarining hatti-xarakati yoxud uyushgan shaxslar 
    guruhining siyosiy talab bo‘yicha chiqishi natijasida vujudga keladigan xavf. 
    Siyosiy riskga urush xarakatlari, siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o‘zgarishi, 
    qonun xujjatlaridagi o‘zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish 
    tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro‘y bergan vaqtda 
    sug‘urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo‘ladi. Chunki siyosiy risklar, faqat, 
    davlatga qarashli maxsus sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalanishi 
    mumkin. 

    Download 2,42 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   132




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish