146
mamlakatlar sug‘urta amaliyotida ushbu ibora ishlab topilgan sug‘urta
mukofotining hajmi tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Sug‘urta dalolatnomasi - sug‘urta xodisasi ro‘y berganda sug‘urta
kompaniyasi tomonidan tuziladigan xujjat. Dalolatnomada mol-mulkning
zararlanish yoxud nobud bo‘lish
sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa
ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta
hodisasi va mol-
mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga qarshi
kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va
boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta
dalolatnomasini adjaster tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.
Sug‘urta mukofoti- sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga
nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda
ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar
keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida
ko‘rsatiladi.
Sug‘urtaviy foyda- sug‘urta xizmatining bahosi va tannarxi o‘rtasidagi farq.
Sug‘urtaviy foyda sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish natijasida shakllanadi.
Sug‘urtaviy foyda balans uslubi asosida sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta
operatsiyalari tannarxini o‘zaro taqqoslash natijasida aniqlanadi. Sug‘urta
operatsiyalarining
tannarxi bu, sug‘urta kompaniyasining sug‘urta himoyasini
ta’minlashga qaratilgan to‘g‘ri va egri, (shu jumladan zahira fondlariga ajratmalar)
xarajatlarning yig‘indisidir. Odatda, sug‘urta tarifini hisoblashda netto-stavkaga
yuklamada foyda ulushi ham ko‘rsatiladi. Shakllanish manbaiga ko‘ra, haqiqatdagi
sug‘urtaviy foyda o‘z ichiga quyidagi foyda turlarini oladi: sug‘urta
summasi
zararlik ko‘rsatkichini kamaytirishdan olingan foyda, boshqaruv xarajatlarini
iqtisod qilish
natijasida olingan foyda, investitsiyadan olingan foyda va sug‘urta
tarifida belgilangan foyda.
Sug‘urta puli- sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta
operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta
147
kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik
ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z
sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta
mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug‘urta mukofotlari hajmida sug‘urta
koplamasini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi.
Xorijiy
mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug‘urtalash uchun sug‘urta puli
tashkil etilgan.