135
mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni sug‘urtalash bo‘yicha tarif
stavkalarni hisoblash mumkin.
Anderrayter - 1) turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta
kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta
portfelini shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish,
risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli
malakaga ega bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd sug‘urta
korporatsiyasini a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan
shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori
darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib
chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar
chiqarishga qaratilgan siyosat.