124
Moliya vazirligi prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini
isloh qilish va jadal rivojlantirilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori loyihasida quyidagilar taqiqlash taklif etilmoqda:
• sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) faoliyatiga ma'muriy aralashuv,
sug‘urta zaxiralarining maqsadli mablag‘larini o‘zga maqsaddagi xarajatlar,
xayriya
va
boshqa
maqsadlarga
yo‘naltirish
va
qo‘llash;
• sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) shartnomalar
tuzishga va asossiz
ravishda, yuz berishi aniq bo‘lgan xatarlarni zimmasiga olishga majburlash;
• bozordagi sog‘lom raqobat prinsiplarini buzish, tariflarning bozordagi o‘rtacha
tariflardan asossiz ravishda va ancha farqlanishi, sug‘urta
xizmatlarini sotishda
demping sxemalaridan foydalanish.
Qonunbuzarliklar uchun aybdor shaxslarga nisbatan sug‘urtalovchilarga
(qayta sug‘urtalovchilarga) yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplagan
holda egallab turgan lavozimidan ozod qilish, faoliyatida ushbu dalillar aniqlangan
sug‘urtalovchilarning litsenziyalarini esa chaqirib olishgacha bo‘lgan qat'iy
choralar qo‘llanadi.
Shuningdek quyidagilar rejalashtirilmoqda:
• sug‘urta tashkilotlarining alohida bo‘linmalari rahbari va bosh buxgalteri
lavozimiga nomzodlarni oldindan kelishib olish amaliyotini bekor qilib, to‘liq
javobgarlikni sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) rahbariyati zimmasiga
yuklash;
• 2018–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta
bozorini isloh qilish va
jadal rivojlantirilishini ta'minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini ma'qullash;
• sug‘urta faoliyati turlari va sohalariga qarab tabaqalashtirilgan sug‘urtalovchilar
ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish;
• 2019 yil 1 yanvardan boshlab bo‘shatilayotgan mablag‘larni ustav kapitalini
oshirishga maqsadli yo‘naltirgan va ularni mazkur qaror bilan qo‘yiladigan
talablarga
muvofiqlashtirgan
holda
mulkchilik
shaklidan
qat'i
nazar
sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) daromad (foyda) solig‘ini
to‘lashdan ozod qilish;
125
• sug‘urta tovonlarini to‘lash haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartib-taomillarini
birxillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutuvchi sug‘urta e'tirozlarini tartibga
solishning namunaviy uslubiyatlarini joriy etish;
• sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) xalqaro moliyaviy hisobot va
hisob
standartlariga
bosqichma-bosqich
o‘tishini
amalga
oshirish;
• sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) KPMG, PwC, Deloitte va
boshqa yetakchi auditorlik
kompaniyalarining xulosalarini, shuningdek Moody’s,
Fitch va Standard&Poors xalqaro reyting agentliklarining reyting baholarini
bosqichma-bosqich olishlarini ta'minlash;
• sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) hamda maxsus vakolatli davlat organi
o‘rtasida real vaqt rejimida masofadan turib sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish va
elektron ma'lumotlar ayirboshlash uchun biznes-jarayonlarni va tartib-taomillarni
raqamlashtirish;
• to‘lov qobiliyatini, moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash,
aktivlar,
investitsiya portfelining sifatini, xususiy kapital, sug‘urta zaxiralari mablag‘lari va
boshqa
majburiyatlarni
joylashtirish
transparentligini
oshirish;
• korporativ boshqaruv tizimini, sug‘urta tavakkalchiliklari va risk-menejment
baholanishini takomillashtirish;
• aholi va tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligi va sug‘urta bozoriga ishonch
darajasini oshirish;
• mijozlarning sug‘urta xizmatlariga ehtiyojlarini
muntazam monitoring qilish,
sug‘urta xizmati ko‘rsatish madaniyatini oshirish va aholi orasida talabgir bo‘lgan
sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish.
2019 yil 1 yanvardan boshlab sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining)
ustav kapitalida quyidagilarning ishtirok etishini taqiqlash taklif etilmoqda:
• offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan norezident yuridik shaxslar va offshor
zonalarda yashovchi fuqarolar;
• mazkur sug‘urtalovchi o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan xuddi shu sug‘urta
sohasida faoliyat yurituvchi sug‘urta tashkilotlari.
126
Faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilarga ustav kapitali tuzilmasini ushbu
talablarga
muvofiqlashtirish
majburiyatini
yuklash
rejalashtirilmoqda.
Yetakchi xalqaro sug‘urta kompaniyalarini texnologik hamkor va/yoki
muassis sifatida jalb etgan holda yirik qayta sug‘urtalash kompaniyasini tashkil
etish tashabbusiga qo‘l urildi.