O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

Investitsion faoliyatga qo‘yiladigan asosiy talablar. 
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi (qayta 
sug‘urtalovchi) o‘z aktivlarini ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va 
daromadlilik tamoyillari asosida joylashtirish shart.
Investitsiya 
faoliyatini 
amalga 
oshirishda 
sug‘urtalovchi 
(qayta 
sug‘urtalovchi) quyidagi asosiy shartlarni bajarishi lozim: 
investitsiyalarni va ular bilan bog‘liq risklarni omilkorlik bilan boshqarish; 
axborot tiniqligi va maxfiyligini ta’minlash. 
Investitsiyalarni va ular bilan bog‘liq risklarni omilkorlik bilan boshqarish 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan quyidagi yo‘llar bilan 
ta’minlanadi: 


119 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsiya faoliyatini asosiy 
yo‘nalishlari ko‘rsatilgan investitsiya siyosatini tasdiqlash; 
investitsion faoliyatni tashkil etishga, zarurat bo‘lganda, investitsion 
maslahatchilarni, investitsion aktivlarni ishonchli boshqaruvchilarni yoki qimmatli 
qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilarini jalb qilish; 
investitsiya obyektlarini tahlil qilish va olingan daromadlilikni davriy 
baholash va sh.k. 
Axborot tiniqligi va maxfiyligini ta’minlash quyidagi yo‘llar bilan amalga 
oshiriladi: 
qonunchilik talablariga muvofiq tarzda ma’lumotlarni oshkor qilish; 
amalga oshirilgan investitsiyalar to‘g‘risida ta’sischilar oldida yillik hisobot 
berish; 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsion siyosatiga muvofiq 
ravishda sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) xodimlari va boshqaruv organi 
a’zolari tomonidan xizmat va maxfiy axborotlardan foydalanish. 
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsion faoliyatni amalga 
oshirishda quyidagilarga majbur: 
a) qonunchilik talablariga rioya qilish; 
b) moliyaviy, texnik, axborot resurslari mavjudligini ta’minlash; 
v) investitsion riklarni to‘laqonli baholashni amalga oshirish va samarali 
qarorlar qabul qilish uchun malakali xodimlar bilan ta’minlash; 
g) javobgar shaxsning mablag‘larni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi 
to‘g‘risidagi yozma xulosalarini olish; 
d) javobgar shaxsning Nizom bilan o‘rnatilgan malaka talablariga mos 
kelishligini ta’minlash. 
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsion faoliyat bilan bog‘liq 
bo‘lgan va sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning to‘lovga qobiliyatiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklarni boshqarish tizimini tashkilga etishga 
majbur. 
Investitsion faoliyatni amalga oshirish tartibi 


120 
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) har yili kelasi yil uchun investitsion 
siyosatini ishlab chiqadi va bu siyosat sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning 
Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tomonidan joriy yilning 20 
dekabriga qadar tasdiqlanadi. 
Investitsion siyosat quyidagi asosiy elementlarni nazarda tutishi kerak: 
investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan risklar tahlili; 
investitsion faoliyat obyektlari bo‘yicha sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) 
aktivlarini uzoq muddatli taqsimlash; 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini investitsion faoliyat 
obyektlari, jug‘rofiy hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash 
limitlari; 
investitsion faoliyatning ma’lum obyektlariga investitsiya qilishni chegaralash 
yoki ta’qiqlash; 
javobgar shaxslar uchun sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini 
investitsiya qilishda qaror qabul qilish bo‘yicha vakolatlari va cheklovlari 
chegaralarini belgilash; 
javobgar shaxslar uchun qo‘shimcha malaka talablari; 
javobgar shaxs tomonidan ekspertiza o‘tkazish va xulosa tayyorlash tartibi; 
investitsion faoliyat bilan bog‘liq og‘irlashgan sharoitlarning oqibatlarini 
yumshatish bo‘yicha favqulotda holatlardagi harakatlar rejasi. 
Javobgar shaxs mablag‘larni investitsiya qilish haqidagi qarorni qabul 
qilguniga qadar zaruriy hujjatlarni (biznes-reja, hisobotlar va sh.k.) yig‘adi va 
mablag‘larni investitsiya qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan 
ekspertiza o‘tkazadi. Javobgar shaxs ekspertiza natijalari bo‘yicha zaruriy 
hujjatlarni olganidan keyin bir hafta muddat ichida yozma shaklda o‘zining 
xulosasini tayyorlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22 apreldagi 41-sonli 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning 
to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom”ning IV bo‘limida sug‘urtalovchilar (qayta 
sug‘urtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid talablar o‘rnatilgan. Unga ko‘ra: 


121 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) boshqa yuridik shaxslarning ustav 
kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi, agar qonun hujjatlarida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) 
ustav kapitalining 50 foizi miqdori bilan chegaralanadi; 
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) har qanday bitta yuridik 
shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav 
kapitalining 30 foizidan oshmasligi shart (agar qonun hujjatlarida boshqa qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa), sug‘urta faoliyati, shuningdek sug‘urta faoliyatini 
ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradigan sho‘’ba korxonalar 
bundan mustasno; 
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) aktivlari ko‘chmas mulk 
obyektlariga joylashtirilganda, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarining 
50 foizidan ortig‘ini bitta yer uchastkasi yoki ko‘chmas mulkning boshqa 
obyektiga yoxud bitta obyekt sifatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalari 
va ko‘chmas mulk obyektlari majmuiga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi; 
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) aktivlarini bank omonatlariga 
(depozitlariga) joylashtirishda, bitta tijorat bankiga joylashtirilgan omonat 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarining 40 foizidan oshmasligi shart; 
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) aktivlarini kredit tashkilotlarida 
(tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga (depozitlarga) joylashtirishda, 
omonatlarning 
(depozitlarning) umumiy summasi sug‘urtalovchi (qayta 
sug‘urtalovchi) aktivlarining 10 foizidan oshmasligi shart; 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav 
kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish bo‘yicha boshqa 
huquqlari, agar qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarining 30 foizidan oshmasligi shart; 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini quyidagi yo‘llar bilan 
joylashtirish taqiqlanadi: 
intellektual mulkka qo‘yilmalar (dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi, 
adabiyot, firma nomlari va tovar belgilarini xarid qilish bundan mustasno); 


122 
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollardan tashqari, jismoniy va yuridik 
shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy yordam berish); 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) o‘z ta’sischilari, aksiyadorlari va 
xodimlariga, shuningdek u bilan hayot sug‘urtasi shartnomasini tuzgan sug‘urta 
qildiruvchilarga ushbu shartnomalar bilan kafolatlangan qarzlar berishga haqli. 
Bunda berilgan qarzlarning umumiy summasi sug‘urtalovchining (qayta 
sug‘urtalovchining) ustav kapitalining 10 foizidan oshmasligi shart; 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) o‘z mablag‘lari manbalari summasining 
30 
foizidan 
oshgan 
hajmdagi 
qarzlarni 
(moliyaviy 
yordamni) 
faqat 
Davsug‘urtanazoratni xabardor etgandan so‘nggina, olishga haqli; 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) kassa va/yoki hisob (valyuta) va boshqa 
bank raqamlarida o‘tgan o‘n ikki oy mobaynida hisoblangan sug‘urta tovonlari 
summasining 3 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pul mablag‘lariga ega bo‘lishi 
shart; 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan bog‘liq shaxslarga imtiyozli 
shartlarni taqdim etish taqiqlanadi.
Imtiyozli shartlarni taqdim etish quyidagilarni anglatadi:
mohiyati, maqsadi, o‘ziga xos xususiyatlari va tavakkalchiligiga ko‘ra, 
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) boshqa shaxslar bilan, agar ular bilan alohida 
munosabatlar bo‘lmagan taqdirda, tuzmaydigan bitimni tuzishi;
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) foydasiga boshqa mijozlardan talab 
qilinadigan summalardan kam bo‘lgan foizlarni, badallarni undirish
investitsiyalarning ta’minoti sifatida garovga qabul qilish, shuningdek, boshqa 
to‘lovlarni qabul qilish; 
yetarli asoslarsiz investitsiya mablag‘larining qaytarilishini kechiktirish; 
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) bog‘liq shaxslar bilan 
faoliyatining ko‘rsatkichlari sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan bitta 
yoki barcha bog‘liq shaxslarda joylashtirilgan aktivlar summasining sug‘urtalovchi 
(qayta sug‘urtalovchi) ustav kapitaliga nisbati sifatida aniqlanadi: 


123 
yoki
bu yerda: 
СK - sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) barcha bog‘liq shaxslar 

Download 2,42 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish