80
Javobgarlik sug‘urtasi esa quyidagi tarmoqlarga ega: qarz sug‘urtasi hamda
yetkazilgan zararni qoplash sug‘urtasi. Bu fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi ham
deb yuritiladi.
Tadbirkorlik
tavakkalchiliklari
sug‘urtasida ikkita tarmoq mavjud:
daromadlarni bevosita hamda bilvosita yo‘qotilish tavakkalchiliklari sug‘urtasi.
Sug‘urtalanuvchilarni sug‘urtalovchilar bilan sug‘urta munosabatlariga kirishi
va sug‘urtalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida sug‘urta tarmoqlarini konkret
sug‘urta turlariga bo‘lish zarurati paydo bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urtaning bunday konkret turlariga qurilmalar, chorva hayvonlari,
ro‘zg‘or buyumlari, transport vositalari, qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va boshqa
turli xo‘jalik kategoriyalari sug‘urtasi misol bo‘la oladi.
Ijtimoiy sug‘urtaning kokret turlariga pensiya va turli nafaqalar sug‘urtasi
kiradi.
Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
hayotni aralash sug‘urtasi, o‘lim holati va mehnatga layoqatini yo‘qotishdan
sug‘urtalash, bolalar sug‘urtasi, qo‘shimcha pensiya sug‘urtasi, baxtsiz
hodisalardan sug‘urtalash va boshqalar.
Javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha – kreditni yoki boshqa qarzlarni qaytara
olmaslikdan sug‘urtalash, yuqori xavf-xatar manbalari egalarining fuqarolik
javobgarligi sug‘urtasi, xo‘jalik faoliyati jarayonida zarar yetkazish holati bo‘yicha
fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi va boshqalar.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi dastgoxlarni to‘xtab qolishi,
savdodagi to‘xtalishlar natijasida zarar qurish yoki foyda ololmaslik sug‘urtasi,
yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash tavakkalchiliklari sug‘urtasi va boshqa
turlarga bo‘linadi.