• Klass tartib raqami Klassning nomi Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/132
    Sana16.11.2023
    Hajmi2,42 Mb.
    #100112
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132
    Bog'liq
    Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

     Sug‘urta sohalari va klasslari 
    O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi yangi 
    qonunchiligida sug‘urta sohalari va turlariga ham tushuntirishlar berib o‘tilgan. 
    Unga ko‘ra sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi: 


    81 
    hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat 
    qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda 
    shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda 
    sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z 
    ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); 
    umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish 
    hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta 
    turlari). 
    Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq 
    majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta 
    turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston 
    Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 
    413-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasida sug‘urta faoliyatining klassifikatori berilgan 
    bo‘lib, unga muvofiq hayotni sug‘urta qilish sohasi 4 ta klassga va umumiy 
    sug‘urta sohasi 17 ta klassga ajratilgan.
    Hayotni sug‘urta qilish sohasi o‘z tarkibiga quyidagi klasslarni oladi: 
    Klass 
    tartib 
    raqami 
    Klassning 
    nomi 
    Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha 
    talablar 
    I klass 
    Hayot 
    va 
    annuitetlar 
    Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash bo‘yicha 
    sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi
    bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni 
    sug‘urta qilish turlari jami: 
    - sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom 
    bo‘lgungacha yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan 
    yoshgacha yashashi; 


    82 
    - sug‘urta qilinuvchining vafot etishi; 
    shuningdek 
    sug‘urta shartnomasi amal qilishi 
    davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan 
    mustasno 
    II klass 

    Download 2,42 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   132




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish