Ilova 5  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING  QARORI  RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH




Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/211
Sana15.04.2022
Hajmi4.54 Mb.
#19780
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   211
Bog'liq
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик
ПФ-5953 02.03.2020, английский, 944 23.11.2019, Axborot xavfsizligini ta`minlash masalalari, O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sh. Xaydarov “ ” 2022, Tashqi sarlavha, 613-Текст статьи-2549-1-10-20210429, Axborot, 15-amaliy, Ta\'lim metodlari, amaliy-dasturlar-paketi-kursini-o-qitishda-innovatsion-texnologiyalar, 1, 633ad666ada23, cybr
Ilova 5 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH 
MAQSADIDA RAQAMLI INFRATUZILMANI YANADA 
MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI 
TO‘G‘RISIDA 
Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha 
izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va 
boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy 
va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat 
tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili 
markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan 
yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi 
natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini 
ko‘rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillash-
tirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy 
infratuzilmani qo‘llash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) 
raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli 
organ hisoblanadi;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, 
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni 
davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun 
investorlarning mablag‘larini jalb etish va birlashtirish asosiy 
vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi 
“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil 
etilgan.


357 
2. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda 
— Vazirlik), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Agentlik, Iqtisodiyot 
vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining “Universal 
Mobile Systems” MChJ (keyingi o‘rinlarda — operator) ustav 
kapitalidagi davlat ulushini 100 foiz miqdorda Jamg‘armaga 
beg‘araz asosda topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Jamg‘arma tomonidan ushbu qarorga muvofiq olingan mol-
mulk yuridik shaxslarning foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish 
obyekti hisoblanmaydi;
operatorning ustav kapitalidagi ushbu qarorga muvofiq 
topshirilayotgan ulush yuridik shaxslarning foyda solig‘iga va 
qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.
4. Agentlik va Jamg‘arma yuqori malakali xorijiy mutaxas-
sislarni jalb etgan holda ikki oy muddatda samaradorlikning 
asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni 
joriy etish uchun zarur texnik bazani yaratish bilan bir qatorda 
quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 —2021-yillarda “Universal 
Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi 
o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil 
xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali 
mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy 
etish;
ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommuni-
katsiya uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan 
qayta jihozlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar 
darajasida internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan 
imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
barcha 
davlat 
xizmatlarining 
faqatgina 
operatorning 
ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali ko‘rsatilishini 
ta’minlash.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:


358 
operatorning ustav kapitalidagi topshirilayotgan davlat 
ulushini boshqarish Jamg‘arma tomonidan faqatgina Jamg‘arma 
Kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
operatorning ustav kapitalidagi davlat ulushidan olinadigan 
daromadlar, shuningdek, maqsadli imtiyozlar berishdan bo‘shay-
digan moliyaviy mablag‘lar Konsepsiyani amalga oshirish davrida 
texnologik uskunalarni modernizatsiya qilish va mamlakatda 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Jamg‘arma hisobiga 
yo‘naltiriladi; 
Konsepsiyada nazarda tutiladigan tadbirlar operatorning o‘z 
mablag‘lari va Jamg‘arma mablag‘lari, jalb etiladigan qarz 
mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan 
boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. 
Operator 
2021-yil 
1-dekabrga 
qadar 
muddatga 
telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirishga 
litsenziya berish uchun davlat boji, radiochastotalar spektridan 
foydalanish uchun to‘lov, shuningdek, radioelektron vositalardan 
foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod etilsin. 
7. Operatorga:
faqat o‘z tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va 
provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro 
kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz 
xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz 
uzatish 
tarmoqlariga), 
shu 
jumladan, 
“IP-telefoniya” 
texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘riulanish; 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida 
Jamg‘arma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil 
xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va 
ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar 
ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha 
malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda 
xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga 
nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.
8. Vazirlikning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus 
ko‘chasi, 
22-uy 
manzilida 
joylashgan 
binosi 
operatorni 


359 
joylashtirish uchun xo‘jalik yurituvi huquqi asosida Agentlikka 
topshirilsin.
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib 
chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar 
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li zimmasiga 
yuklansin.

Download 4.54 Mb.
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   211




Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilova 5  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING  QARORI  RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH

Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish