Servis va turizm korxonalari raqiblarning marketing tadqiqotlari




Download 414,67 Kb.
bet23/89
Sana09.01.2024
Hajmi414,67 Kb.
#133091
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

Servis va turizm korxonalari raqiblarning marketing tadqiqotlari

Raqobat bu ma’lum sohada bir xil maqsadga erishish uchun ayrim yuridik yoki jismoniy shaxslar (raqib)lar o‘rtasida ko‘rash.

Turistlik firma raqobat muhitining xususiyatlari bozor rivojlanish darajasini, unda ishlash murakkablash, ko‘pgina marketing tafsilotlar: sotish hajmi va sharoitlari, narxlar, reklama usullari, savdoni rag‘batlantirish belgilab beradi.
Raqobat ko‘rashiga turizm sohasida ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

  1. Raqib firmalar soni ko‘paysa va ular o‘lcham hamda imkoniyatlar nuqtasi nazaridan nisbatan mutanosib bo‘lsa, kurash kuchayadi.


  2. Agar turmahsulotga bo‘lgan tala basta-sekin o‘sib borsa, raqobat kuchayib boradi. (Bozor tez rivojlansa, kurash susayadi. Chunki hammaga o‘rin yetadi, aksincha, bozor o‘sishi susaysa, korxonalar bozor ulushi uchun kurash boshlaydi).


  3. Turistlik bozoridagi raqobat kuchayishi ruy beradi, chunki turistlik xizmatlarga talab mavsumiy o‘zgarishlarga buysinadi, shu tufayli firmalar, odatda narxni pasaytirishga va sotish hajmini oshirish maqsadida, boshqa harakatlardan foydalanadi.


  4. Agar turistlik mahsulotlar yetarlicha tabaqalashgan bo‘lmasa, raqobat kuchayadi.


  5. Raqobat qo‘llaniladigan amallar samarasiga muvofiq holda kuchayadi: ularning samarasi qanchalik yuqori bo‘lsa, boshqa firmalar ham unga intilib, harakatga kirishadi. Bu yerda raqiblar harakat tezligini va raqiblarning harakatini to‘g‘ri baholash uchun ularning salohiyati to‘g‘risida axborotni o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar raqiblar asta-sekin yoki umuman harakat qilmasa, firma vaqtdan yutadi, raqiblar bunga bardosh bera olmaydilar. Bunday bilimga ega bo‘lish strategik harakatlardan salohiyatli samara olishda afzallik yaratadi.


  6. Agar tarmoqdan chiqish raqobatni davom ettirishga nisbatan qimmat bo‘lsa, raqobat kuchayadi: chiqish uchun to‘siqlar qancha yuqori bo‘lsa, shunchalik firmalar bozorda qolishga va imkoniyati boricha foyda kam bo‘lsa ham raqobat kurashida qatnashishga harakat qiladilar.


Raqiblar marketing tadqiqotlarini uchta asosiy bosqichga bo‘lish mumkin:


  1. Raqobat muhitni marketing tadqiqotlari: raqobat kuchlarni tuzilishi va harakatning tahlili.


Turistlik bozorda raqobat tafsiloti faqat o‘ziga xos bo‘lishiga qaramasdan, barcha bozorlarda raqobat kurinishlari umumiylikka ega. Bu holat har xil bozorlarda aniqlagan qonunlarni turistlik bozorda qo‘llashga imkon beradi.


M. Porter turistlik korxona raqobat muhitini shakllantiradigan beshta kuchni ajratib beradi (3.10 rasm).


O‘rinbosar tovarlar


t omonidan raqobat






















T urxizmatlarni yetkazib beruvchilarning raqobat quvvati




T armoqdagi turistlik korxonalar o‘rtasidagi raqobat




I ste’molchilar (turistlar)ning raqobat quvvati
























B oshqa tarmoqlar tashkilotlar tomonidan raqobat




3.10. Turistlik xizmatlar bozorida raqobat beshta ta’sirining modeli.



Eng harakatchan raqobat tarmoqdagi turistlik korxonalar – ulgurji va chakana turoperatorlar va turagentliklar o‘rtasida ko‘zatiladi. Bugungi kunda raqobat darajasi yuqori. Rasmiy hisob-kitoblarga qaraganda, O‘zbekistonda 500 dan ko‘p turfirmalar faoliyat yuritmoqda (norasmiy turistlik korxonalarni hisobga olmagan holda). Ular mijoz uchun kurashadi, xizmat ko‘rsatish sifatida faol raqobat ruy beradi, kompaniyalar, odatda, turmahsulot narxini pasaytirish maqsadida tannarx asosida ishlashadi. Ommaviy turizmni asosiy yo‘nalishlarida bozor egallab olingan, buning uchun ham o‘zlashtirib olingan bozorga turkorxonaning chiqishi juda qiyin. Shu bilan birga, ayrim holatlardan tashqari, turmahsulotni o‘ta ketgan tabaqalashgan yoki noyob deb aytib bo‘lmaydi. Mijozlarning savdo markasiga bo‘lgan betaraflik haligacha juda past, 10 doll. tejash maqsadida mijoz kompaniyani almashtirishga tayyor. Ilg‘or joyni egallash uchun firma katta mablag‘larga (foyda me’yoriga nisbatan), shu jumladan obruyni oshiruvchi reklamaga muhtoj.


Download 414,67 Kb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Download 414,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Servis va turizm korxonalari raqiblarning marketing tadqiqotlari

Download 414,67 Kb.