|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
|
bet | 21/89 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 414,67 Kb. | | #133091 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.orgAralash usullarga ekspert usuli bilan bir qatorda dalilografik dastlabki axborotni ham o‘z ichiga olgan aralash axborot asoslari kiradi.
Prognozlashning murakkab masalasi bo‘lib, bir usul yordamida yechilmaydigan yangi tovar sotish hajmini oldindan bilish hisoblanadi. Marketing tadqiqotlarni yuritishda yangi tovarning dastlabki, aytaylik, uch yil ichidagi sotilgan hajmlari baholanadi. Bu maqsadda eksport usullari, so‘rov usullari, nazorat bozordagi savdo olib borilishi kabi usullar qo‘llanilishi mumkin.
Marketing bo‘yicha mutaxassislar bilan shakllangan ekspert baholari dastlabki tahlil bosqichida to‘plangan raqiblar savdosi, salohiyatli bozor o‘lchami, umumiy talab, bozordagi har xil markadagi tovarlar ulushi, savdo aloqalarga kirish qulayligi va boshq. ma’lumotlarga asoslanadi.
Agar axborot yetarli bo‘lmasa, u salohiyatli iste’molchilarni savdogar, yetkazuvchilar, imkoniyat bo‘lsa, raqiblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘rash yo‘li orqali to‘planadi. Bozorni tekshirish haridorlarning haqiqiy bozordagi xulqini kuzatish jarayonidagi nazorat yangi tovarlar salohiyatli savdo hajmini baholashga ko‘maklashadi.
Bu usullar, odatda birga qo‘llaniladi. Aytib o‘tilgan yoki boshqa yondoshuvdan foydalanib, marketing xizmati tovarni sotuvga chiqarish uchun yangi tovar kelgusi savdo hajmini o‘rnatishi kerak.
Prognozlash jarayonining yakuni bo‘lib, prognoz, ya’ni oldindan bilish – og‘zaki, matematik, chizma yoki boshqa shaklda belgilangan, ma’lum kelgusi davr mobaynida turfirma o‘zini yoki turistlik sohaning, hamda muhitning imkoniy holati to‘g‘risidagi fikrlar bo‘ladi.
Kon’yukturani prognozlar turlariga nisbatan yondashish har xil bo‘lishi mumkin. Bozordagi vaziyatni to‘liq aks etish uchun ssenariy xizmat qiladi.
Ssenariy – bu kelajakni bayon etish. Unda xodisalarning taxminiy rivojlanishi, ularni amalga oshirish imkoni belgilanadi. Vaziyatni oldindan bilish, odatda rivojlanish taxminiy variantlarning aniq soni bo‘lishi buning uchun prognoz bir nechta ssenariylardan iborat bo‘lishi ularni amalga oshirish uchun har xil erkinliklar yaratish kerak. Ssenariyning eng ishonchli turi asosiy sifatida qabul qilinadi va uning asosida joriy yechimlar qabul qilinadi.
Ssenariy va prognoz o‘rtasida ma’lum farq bor. Prognoz maxsus vaziyatni oldindan bilishga qaratilgan fikr bo‘lib, uning afzalliklarini yoki kamchiliklarni qabul qilinishi yoki bartaraf qilishga asoslanadi. Ssenariy esa bu prognozlarning qaysi turlari yaratilgan bo‘lishini aniqlaydigan vosita.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
|