• Kelajakdagi kon’yukturani oldindan ishlab chiqarish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi




    Download 414,67 Kb.
    bet19/89
    Sana09.01.2024
    Hajmi414,67 Kb.
    #133091
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

    Tayyorgarlik bosqichi

    - o‘rganiladigan ob’ekt;


    - kon’yuktura ko‘rsatkichlari;
    - axborot manbalari
    Ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, tekshirish, to‘g‘rilash, tartibga solish va qayta ishlash


    Kon’yuktura rivojlanishini joriy nazorat qilish
    Shakllanishning qonuniyatlarini va yo‘nalishlarini aniqlash


    Kon’yuktura axborotni tahlil qilish

    - omillarni tahlil qilish;

    - prognozlash usullarni tanlash;
    - prognoz;
    - ssanariy

    Kelajakdagi kon’yukturani oldindan ishlab chiqarish

    Umumiy holatda pul ifodasidagi joriy bozor talabi (Q) qo‘yidagicha aniqlanadi:

    Q = n x g x p,
    qayerda:
    n – umuman bozorda yoki aniq mintaqa bozorida tovarning bu turini oluvchilar soni:
    g – o‘rganiladigan vaqt ichida haridor bajargan haridlar soni;
    r – shu tovarning o‘rtacha narxi.
    Bu formula asosiy hisoblanadi, ammo tovarlarning aniq turlari berilganda, bu tovarlarga bo‘lgan talabni belgilaydigan qo‘shimcha omillarni ham inobatga olish kerak.
    Tasavvur qilaylik, ma’lum hududda turistlik mahsulotga bo‘lgan talabning salohiyatini aniqlash zarur. Ma’lumki, bu hududda 300 ming aholi yashamoqda. Yana tasavvur qilaylik, bu holatda maqsadli o‘rtacha miqdordan yuqori bo‘lgan 30 yoshdan 45 yoshgacha odamlar tashkil etadi. Axborot ma’lumotlari asosida bu guruhga tegishli odamlar soni aniqlanadi. Masalan, ular 10 ming kishi. Bu kishilar tur sotib olishlari mumkin va uning narxi ularni qoniqtiradi. Demak, haridorlar soni bo‘yicha salohiyat aniqlanadi. Endi pul ifodasidagi salohiyat aniqlanadi. Turistlik mahsulot qiymatidan kelib chiqqan holda turning o‘rtacha narxi 600 doll. Agar odamlar yilda hech bo‘lmasa 1 marta sayohat qilishini tasavvur qilsak, bunda bozor salohiyatini pul ifodasida aniqlasa bo‘ladi.
    Q = 10000 x 1 x 600 = 6mln. g.
    Bu usullarni kamchiligi shundaki, u turistlik korxonaning raqobat muhitini hisobga olmaydi.

    Joriy bozor talabi odatda, me’yoriy usul asosida aniqlanadi. Bu usul bir qator me’yorlar va ulush ko‘rsatkichlaridan foydalanish asosida bozor salohiyatini baholashda qo‘llaniladi. Masalan, hisobot me’yoriy va statistika axborotlari asosida qo‘yidagilar aniqlangan:


    • ma’lum shaharda barcha firmalar bilan sotilgan turistlik xizmatlar hajmi: 18000 yo‘llanma;


    • xizmatlarni tavsiya etadigan firmalar ulushi: 75 %


    Bozorning taxminiy salohiyati: 18000 yo‘llanma x 0,75 = 13500 yo‘llanma.


    Agar firma maqsadi bozor ulushini 40 % - ga yetkazish bo‘lsa, bu shaharda tovar sotish hajmi (firma uchun joriy bozor talabi) 5400 yo‘llanmagacha yetkazilishi kerak.
    Bu usulning kamchiligi – mutanosib me’yorlarni va ulush ko‘rsatkichlarni topishdadir. Ularni topishda maxsus tadqiqotlar o‘tkazilishi zarur bo‘ladi. Ayni bir vaqtda ko‘rinib turibdiki, har bir ko‘paytirishdagi hato yangi bosqichga va yakun natijasiga o‘tadi. Buni bartaraf etish uchun, bir nechta taxminiy o‘lchamlardan foydalanib, bitta baho o‘rniga, ancha bahoga erishish mumkin. Har qaysi vaziyatda bu usulni boshqa analitik usullar bilan birgalikda qo‘llash kerak.
    Talabni yanada chuqurlashtirilgan tahlili sotish hajmiga va ularning nisbiy ta’sirini aniqlashga ta’sir etuvchi muhim real omillarni aniqlashga qaratilgan. Narxlar, daromad darajasi iste’molchilar tarkibi va mahsulot harakatining ta’siri kabi omillar, odatda tez-tez tahlil qilinadi. Bunday tahlilni o‘tkazilayotganda matematik – statistika usullari keng miqyosda qo‘llaniladi.
    Shunday qilib, talabni aniqlaganda ilg‘or idikator usuli qo‘llanilishi mumkin. Ilg‘or indikatorlar – o‘rganadigan ko‘rsatkich yo‘nalishida o‘zgaradigan, ammo undan vaqt bo‘yicha ilgari rivojlanadigan, ko‘rsatkichlar yoki ularning vaqt qatorlari. Masalan, turmush darajasi ko‘rsatkichlarning o‘sishi talab o‘sishi ko‘rsatkichidan ustun bo‘ladi.
    Demak, turmush darajasi ko‘rsatkichlar o‘zgarish harakatini o‘rgana turib, aniq mahsulotga bo‘lgan talab ko‘rsatkichning taxminiy o‘zgarishi to‘g‘risida xulosaga erishish mumkin.
    Bozor salohiyatini baholashda harid qobiliyati indikatorlari tez-tez qo‘llaniladi. Bundan maqsad bozor jozibaligini uning har qanday salohiyatini uchta asosiy tarkibiy qismlarning o‘rtacha tortilgan miqdori asosida o‘lchashdan iborat:
    • iste’mol qiluvchi birliklari miqdoridan; harid;


    • iste’mol qiluvchi birliklarning qobiliyatidan;


    • bu iste’mol qiluvchi birliklarning harajat qilishga tayyorgarligidan.





    Download 414,67 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




    Download 414,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi

    Download 414,67 Kb.