Jadval 3.2.
Servis va turizm muhiti korxonalari uchun STEP (ITIS) omillarning ruyxati
STEP (ITIS) tahlil
omillari
|
Bosqich
|
Mate-matik ko‘tish
|
O‘rtacha kvadrat siljishi
|
Ijtimoiy
|
|
|
Turmush darajasi
|
|
|
Ta’lim olish darajasi
|
|
|
Shahar va qishloq aholisining nisbati
|
|
|
Aholi migratsiyasi (kuchishi)
|
|
|
Jamiyatning ijtimoiy tuzilishi
|
|
|
Texnologik
|
|
|
Texnika rivojlanishining umumiy darajasi
|
|
|
Turistik tarmoq uchun mutaxassislarni tayyorlash
|
|
|
Axborot texnologiyalar rivojlanishi
|
|
|
Transport vositalar rivojlanishi
|
|
|
Mehmonxona va restoran texnikasining rivojlanish darajasi
|
|
|
Ekologiyaga yo‘naltirilgan texnologiyalar
|
|
|
Niokr moliyalashtirish
|
|
|
Iqtisodiy
|
|
|
Davlatning kredit siyosati
|
|
|
Davlatning soliq siyosati
|
|
|
Iqtisodiy o‘sish harakatchanligi
|
|
|
Aholining harid qobiliyati
|
|
|
Mamlakatda inflyatsiya darajasi
|
|
|
Siyosiy
|
|
|
Xalqaro vaziyat
|
|
|
Davlatdagi ichki siyosat vaziyati
|
|
|
Qonun yaratuvchi hokimiyatning faoliyat
samarasi
|
|
|
Firmaning tashqi muhiti o‘zgarmagan holda yuzaga chiqadi. Firma tashqi muhitga ta’sir qila olmaydi va samarali faoliyati uchun unga (tashqi muhitga) yondoshishi, doimo uning o‘zgarishlarga e’tibor berishi, oldindan o‘rganishi va o‘z vaqtida javob berishga majbur.
Shuni aytib o‘tish kerakki, servis va turizm sohasining korxonalari korxonaning bevosita tashqi muhit bilan aloqa qilish tafsiloti va mazmuniga sezilarli ta’sir o‘tkazishlari mumkin. U qo‘shimcha imkoniyatlarni shakllanishida va uning kelgusidagi hayotda tahdidlarni bartaraf qilishda faol qatnashishi mumkin.
Tashqi tahlilning asosiy vazifasi bugungi kunda yoki kelajakda firma uchun vujudga keladigan imkoniyatlar va tahdidlarni aniqlash.
Korxona imkoniyatlari – sotish hajmi va foydani o‘sishiga olib keluvchi tashqi muhitning ijobiy omillari (yo‘nalishlari va hodisalari).
Tahdidlar bo‘lib tashqi muhitning salbiy omillari (yo‘nalishlar va hodisalar) hisoblanadi, chunki ular, korxonaning mos keladigan reaksiyasi yo‘qligidan foydalanib, sotish hajmi va foydani ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin.
Muvaffaqiyatli marketing faoliyati uchun firma kelajakda ruy beradigan qiyinchiliklarni hamda paydo bo‘ladigan yangi imkoniyatlarni oldindan bilishi zarur.
Tahdidlarga bardosh beri shva imkoniyatlardan to‘liq darajada foydalanish uchun, ular to‘g‘risida faqat bilimga ega bo‘lish yetarli bo‘lmaydi. Tahdiddan xabardor bo‘lib, unga qarshilik ko‘rsatilmaslik mag‘lubiyatga olib keladi. Shu bilan birga, yangi imkoniyatlardan xabardor bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun salohiyatga ega bo‘lmaslik, ulardan foydalanish imkoniyatini yo‘qotish demakdir.
Buning uchun ham marketing tadqiqot muhitning marketing tadqiqotlari jarayonidagi tahdid va imkoniyatlari asosida turistik korxonalarning ichki muhiti o‘rganiladi.
Firmaning ichki muhiti o‘z mazmuni bo‘yicha tashqi muhitning intiqosi. Turistik korxonaning ichki muhiti – korxonaga aniq imij beradigan, uning ichidagi sub’ekt, ob’ektlar va jarayonlarning butunligi, mohiyati bilan bu tashkilotning xo‘jalik mexanizmi, uning tarkibi. U firmaga vaqtning ma’lum davrida faoliyat yuritish imkoniyatni beradigan salohiyatdan iborat.
Turkorxonaning salohiyati – bozordagi raqobat afzalliklarni ta’minlaydigan uning imkoniyatlari va yetuklarning birdamligi.
Ichki muhit tahlil ob’ektlari qo‘yidagilar bo‘ladi:
kadrlar (ularning salohiyati, malakasi; tanlash, o‘qitish va lavozimdan ko‘tarish; mehnat natijalarni baholash va rag‘batlantirish; xodimlar o‘rtasida munosabatlarni saqlash va mustahkamlash va h.k.).
boshqarishni tashkillashtirish (kommunikatsiya jarayonlari; tashkiliy tuzilmalar; me’yorlar, qoidalar, mulojalar; huquq va majburiyatlarni taqsimlash; buysunish bosqiligi);
moliya (likvidlikni, foydalilikni ta’minlash, sarmoya imkoniyatlarni yaratish);
marketing (turistik mahsulot strategiyasi; baho strategiyasi; savdo strategiyasi; kommunikatsion strategiyasi);
Firma o‘z (ichki) salohiyatini tahlili uning kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash, ularning tashqi muhiti omillari bilan bog‘liqligini baholash imkoniyatini yaratadi.
Kuchli tomonlari bu firmani raqiblardan ustun qiladigan obruyi va afzalliklari. Salbiy tomonlari bu korxonaning to‘g‘rilashga muhtoj bo‘lgan kamchiliklari, aks holda, raqiblar ulardan o‘z afzalliklari sifatida foydalanishi mumkin.
Amaliyotda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash uchun bir nechta yondoshuv ishlatilishi mumkin:
ichki yondoshuv – tahlil asosida korxona tajribasini va xodimlarning fikrini aniqlash;
tashqi – raqiblar bilan taqqoslash asosida;
me’yoriy – ekspert va maslahatchilar fikrlari asosida aniqlash.
3.3. jadvalda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari, hamda tashqi muhitdagi imkoniyatlar va tahdidlar ruyxati keltirilgan.
|