Jadval 3.1.
Chetdagi tashkilotlar yordamida marketing tadqiqotlarni o‘tkazish afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari
|
Kamchiliklari
|
Mutaxassislarning kasbiy mahorat;
kasbiy mahorat;
tadqiqotlarni o‘tkazish tajribasi;
iste’molchilarga nisbatan betaraflik;
| |
Marketing tadqiqotni tashkil etish shaklini tanlash qo‘yidagi omillarga asoslanadi:
Marketing tadqiqotlar samaradorligini aniqlaydigan muhim omil bo‘lib, bozorni majmuali o‘rganish hisoblanadi (3.4. rasm).
-
Bozorni majmuali tadqiqot qilish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Turistik mahsulot
-ning tadqiqoti
|
|
Turistik mahsulot muhiti-
ni tadqiqot
lari
|
|
Turistik bozor tadqiqoti
|
|
Turistlik korxona raqiblari tadqiqot
-lari
|
|
Iste’mol
-chilar tadqiqoti
|
3.4. rasm. Turistik korxona marketingni majmuali tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari
Keyingi mavzularda turistik bozorning majmuali tadqiqoti tarkibiy qismlari yanada chuqurlashtirilib o‘rganiladi.
Turistik korxonalarning marketing muhiti tadqiqoti
Turistik korxona marketingi muhiti mavzusiga oldin qisman e’tibor berilgan. Endi bu mavzuda bizlar turistik bozorda mavjud bo‘ladigan vaziyatlar va tashqi hamda ichki muhitning tahlilini o‘tkazishga harakat qilamiz.
Turistlik korxona faoliyati sharoitlari butunligidan kelib chiqqan holda, uning oldida bozor imkoniyatlari, ya’ni faoliyatning imkoniy yo‘nalishlari ochiladi. Bozor imkoniyatlarini aniqlashda marketing muhitining tahlili ko‘maklashadi. U ikki asosiy yo‘nalishda amal qilishi mumkin.
Tashqi muhit holatini va rivojlanish yo‘nalishlarni o‘rganish.
Turistlik korxona ichki salohiyati (ichki muhit)ning tahlili va baholanishi.
Tashkilotning kelgusidagi strategiyasini loyihalashtirish uchun tashqi muhit tahlilini o‘tkazish va makromuhit kamida to‘rtta ijtimoiy (S), texnologik (T), iqtisodiy (E), siyosiy (p) turdagi omillardan ITIS iborat majmuani tashkil bo‘lishiga ta’sirini mos ravishda baholash mumkin.
STEP (ITIS) – tahlil – ekspert (tekshiruvchi) tahlilning bir ko‘rinishi. Ekspertlar tashkilotning asosiy bo‘linmalar soniga qarab komandalarga bo‘linadi. Ular makromuhitning asosiy muhim omillar tarkibini aniqlaydilar. Muhimligiga qarab, ularni alohida guruh-larga ajratadi. Ish natijalariga ikki bosqichda yakun beriladi: avva-lo barcha ishtirokchilarning yagona fikrlari ajratiladi, keyin esa – komanda fikrlari. Undan keyin bosqichlar natijalarning (matematik ko‘tish baholari va bosqichlarning o‘rtacha kvadrat siljishi) statistik tavsiflari aniqlanadi. Miqdoriy tavsiflardan tashqari makromuhitning kelajakdagi holatini belgilovchi omil-larning sifat tavsifini berish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. (3.2. jadval).
|