Tadqiqot tamoyillarini
ishlab chiqish
| | |
|
- boshqaruv muammosi;
- tadqiqot maqsadlari;
- ishchi bashorat.
| |
|
|
|
Axborot manbalarni
tanlash
|
|
- ko‘rsatkichlar tizimi;
- tadqiqotlar usullari
va ishchi moslamalar
|
|
|
|
Axborotni to‘plash
|
|
- texnikaviy tayyorgarlik
va tashkil etish;
- ma’lumotlarni to‘plash
jarayoni;
- ajratib olish
|
|
|
|
Ma’lumotlarni
tahlil qilish
|
|
- ma’lumotlarni dastlabki
texnikaviy qayta ishlash;
- ma’lumotlarni tahlil
qilish
|
|
|
|
Tadqiqot natijalarni tavsiya etish
|
|
- xulosalar va takliflar;
- hisobot
|
3.2. rasm. Marketing tadqiqotlari jarayoni
Marketing tadqiqotlar tamoyillari, tadqiqot muammolari, maqsadlari va vazifalarini keng ravishda aniqlash hamda ishchi bashoratni shakllantirishdan iborat.
Marketing tadqiqotlarining boshlang‘ich nuqtasi bu yechimga muhtoj bo‘lgan muammoning xususiyatidan kelib chiqadigan maqsadlari va vazifalarning aniq shakllanishi.
Marketing tadqiqotlar jarayonida yechimga muhtoj bo‘lgan muammolar to‘g‘risida to‘liq axborot olish uchun qo‘yidagi yondoshuvlarni birgalikda qo‘llash zarur:
korxonaning ishlab-chiqarish va savdo faoliyati natijalarni tahlil qilish;
rahbar va mutaxassislarni ekspertlar tekshiruvidan o‘tkazish;
marketing vazifalar bajarilishini nazorat qilish.
Belgilangan muammolar aniq shakllangan va detallashgan marketing tadqiqotlarning maqsadlarini bilishga imkon beradi. Aniq shakllangan maqsad tadqiqotlarning bosh yo‘nalishlar va hajmlarni tanlash uchun xizmat qiladi. Tadqiqotning aniq vazifalarni shakllanishi maqsadni tushunishga ko‘maklashadi va uning aniqligiga olib keladi, ya’ni noaniqlikni yo‘q qiladi.
Tadqiqot muammosini, maqsad va vazifalarning aniqlanishi ishchi bashorati ya’ni marketing tadqiqotni o‘tkazish orqali tekshirishga oid bo‘lgan o‘rganiladigan hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi aloqalarga va ahamiyatiga nisbatan bo‘lgan tasavvurlarni shakllantirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bashorat o‘rganiladigan muammo bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi va uning yechimi uchu nasos bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bundan tashqari, uni empirik material asosida tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Bashoratning ikkita turi mavjud:
bayon qiluvchi bashoratlar bu o‘rganiladigan ob’ektlar, hodisa va jarayonlarning muhim xossalari va tavsiflari to‘g‘risidagi asosiy tahminlar.
tushuntiruvchi bashoratlar dalillar va xodisalar o‘rtasida bo‘lgan aloqalar va sababli-oqibatli bog‘lanishi to‘g‘risidagi asosiy tahminlar.
Ishchi bashorat tadqiqot uchun zarur bo‘lgan xilma-xil axborot manbalaridan olish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirishga imkon beradi.
Axborot manbalarni ajratib olinishi zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yuqori tezlik va samarali olish uchun zarur bo‘ladi. Tadqiqotchilar o‘z faoliyatini odatda ikkilamchi ma’lumotlarni tahlildan boshlashadi; agar ular yetarli bo‘lmasa, birlamchi ma’lumotlarni to‘play boshlaydilar.
Axborot to‘plami jarayoni aniq tuzilma asosida amalga oshiriladi. Vaqt va qiymat cheklanganligi tufayli marketing tadqiqotlar odatda tanlov tavsilotga ega bo‘ladi. Butunlikni ifoda etadigan maqsadli guruh (bosh butunlik) ning ayrim qismining tadqiqotini o‘tkazish asosida butun guruhning yurish-turishi fikri va h.k. to‘g‘risida xulosa berish mumkin.
Birlamchi axborotni tuplash jarayonida tanlash rejasini tuzish zarur, chunki u tadqiqot oldida turadigan maqsad va vazifalariga javob beradi. Buning uchun aniqlash kerak:
tanlash tarkibini: kuzatuvchi ob’ektlar butunligi (iste’molchilar, kompaniya xodimlari, dallollar va h.k.)ni ifoda etadigan tadqiqot ob’ektini aniqlash;
tanlash tuzilishini: uni aniqlashda odatda ikkita taxminiy va determinallashgan yondoshuvdan foydalanadi. Taxminiy yondoshuv butunlikning qanday unsuri bo‘lmasin, u aniq tahmin asosida tanlanish mumkinligini ifoda etadi. Amaliyotda eng oddiy va tarqalgan usuli bu oddiy tasodifiy tanlash, chunki bunda butunlikning har qaysi unsuri tadqiqot uchun tanlashning teng taxminiga ega bo‘ladi.
Determinallashgan yondoshuv butunlikning unsurlarini tanlash qulaylik (muloqat o‘rnatish oddiyligi), yoki tadqiqotining qarori yoxud guruh tarkibi (butunlikning vakillik unsurlari)ga asoslangan usullar orqali amalga oshirilishini taxmin qiladi. Taxminiy tanlashning aniqligi yuqori, lekin u determinallashgan usuldan ancha murakkab va qimmat:
|