Tayanch iboralar: iste’molchi, hayot tarzi, taassurot, vositachi, axborotnoma, harid jarayoni, shartnoma, majburiyat, ruhiy-xulqiy, hayot uslublari.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
Turistik marketing jarayonida yakun yasash nimadan boshlanadi?
Turistik mahsulot iste’molchisi kim? Va unga aylanish uchun qanday bosqichlardan o‘tish kerak?
Turist to‘g‘risida tushuncha?
Turistlarni qanday guruhlash mumkin?
Turistik xizmatlar tarkibini izohlang.
Turoperator to‘g‘risida tushuncha nima?
Turagent kim?
Turoperator va turagent o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
«Tur axborotnomasi» qanday bo‘limlardan iborat?
Turxizmatlarni sotish uslublarini ayting.
Turmahsulot shartnomalariga nimalar kiradi?
O‘zbekistonda turistik mahsulotning qanday iste’mollari shakllangan?
Aholining turmush tarzi qanday o‘zgarmoqda?
Mavzu 9. Turistik bozor tarkibi
Reja:
9.1. Turistik motivlar (dalillar)
9.2. Jozibali turistik mahsulot yaratish
9.1. Turistik motivlar (dalillar)
Iste’molchilar xatti-harakatini, manbalari, unga undaydigan sabablarni, bu hodisa dalillarini aniqlamasdan o‘rganish mumkin emas. Shaxs faolligi, eng qulay darajada tashkil qilingan va maqsadga yo‘naltirilgan paytda o‘zining eng yuqori samaradorligiga erishadi. Bu dalillarning ketma-ketligi bilan ta’minlanadi. Insonning ruhiy holatini aniqlaydigan tizimni tashkil qiluvchi sifat bo‘lgan yo‘nalish uning didini, tavsifini, xulqiy xususiyatlarini aniqlaydi.
Dalillar, bu — o‘zida xulqni mujassamlashtiradigan harakatlarning qandaydir ketma-ketligini ifodalovchi istaklar, orzular, xohishlar yoki fahmlar. Dalillarning farqlovchi belgisi, bu — ularning maqsadga yo‘naltirganligi. Harakatni maqsadga muvofiqlashtirish uchun kishi unga nima kerakligini, nima yetishmaganligini tushunishi lozim.
Inson xulqi dalillar sanoqsizligi bilan aniqlanadi. Hozirgi paytda ularni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish oshgan, xulq dalillarga odamlarning ehtiyojlari bir xil, deb qaralmoqda.
Ehtiyoj — jon egasi, inson shaxsi, ijtimoiy guruh yoki butun jamiyat hayot faolligi va rivojlanishini bir maromda ushlash uchun ob’ektiv zaruratga bo‘lgan talab. Bozorda ehtiyojlar to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talabda ifodalanadi. Salohiyatli mijozlar ehtiyojlari va ulardan oladigan afzalliklar ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab, ularning bugun va kelajakdagi xulqini tushuntirib beradigan imkoniyat vujudga keladi. Masalan, yangilangan turistik mahsulotni joylashtirishda marketing bo‘yicha mutaxassis o‘z oldiga quyidagi, eng muhim bo‘lgan bir qator savollarni qo‘yadi:
mahsulotlarning qaysi tavsiflari o‘zgarishi kerak?
qanday yangi reklama va sotish tadbirlari zarur bo‘ladi?
mahsulotning qanday afzalliklari reklamada o‘z aksini topishi kerak va uni qanday ketma-ketlikda ifodalash kerak?
Inson har xil bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Ayrimlari juda muhim bo‘lib, ularni qondirish uchun yo‘llar va usullarni topishga majbur bo‘ladi. Demak, dalil bu shaxsga bo‘lgan ehtiyojning samarali ta’siridir. Ehtiyojning qondirilishi shaxsga bo‘lgan bosimni yo‘q qiladi, ammo keyin yangi ehtiyojlar paydo bo‘ladi va bu holat to‘xtovsiz ro‘y beradi. Bu jarayon sodda holda quyidagi beshta ketma-ket ro‘y beradigan bosqichda namoyon bo‘lishi mumkin (9.1-rasm).
|