38
1) Tabiiy tillar. Bu odamlar o`zaro muloqotda bo`ladigan tillar (o`zbek,
qozoq, ingliz va hokazo).
2) Sun‘iy tillar. Sun‘iy tillar yaxshigina kodlangan bo`ladi. Shuning uchun
masala dasturini masala kodi ham deyishadi.
Kodlash 2 xil maqsadda amalga oshiriladi:
a) katta hajmdagi ma‘lumotlarni qisqacha ifodalash maqsadida.
Masalan, Samarqand davlat universitetining kodi - SamDU, Davlat test
markazning kodi - DTM, oziq-ovqat mahsulotlari, yengil sanoat, og`ir sanoat,
ta‘lim dargohlarining nomlari ham ularning kodlardir. Odamlarning ismlari, hatto
laqablari, masalan, xo`jayin, sarimsoq piyoz, baqaloq, lampa shisha, novcha va
hokazolarning barchasi kodlangan ma‘lumotlardir.
b) maxfiylikni saqlash maqsadida. Bunday usulda kodlangan ma‘lumotlarni
hamma ham tushunavermaydi. Faqat tor doiradagi odamlargina tushunadi. Maxfiy
holda kodlashning ham har xil usullaridan foydalaniladi. Masalan, raqamlar orqali,
hayvonlar nomlari orqali, qisqacha so`zlar orqali kodlanadi va hakoza. Bunday
usulda kodlashdan josuslar, maxfiy xizmat vakillari ko`p foydalanishadi. Masalan,
16-obyekt yo`qoldi, chiroq yonmadi, mashina portladi, 2 ni olib tashlang va
hokazo.
Demak, kodlash biror hajmga ega bo`lgan axborotning boshqa tarzda
qisqacha ifodalanishidir.
Barcha dasturlash tillari ham sun‘iy tillar jumlasiga kiradi va ularning
ijrochisi kompyuterlardir. Ularda ham har bir buyruq qandaydir fikrning kodi
hisoblanadi. Masalan, a%2=0 yozuvini kompyuter ―a juft son‖ deb, abs(x)
yozuvini esa |x| deb tushunadi va hokazo. Shuning uchun dasturlash tillarini
yaratish uchun qilingan dastlabki harakatlardayoq keng omma bu tillarni tezroq
o‗zlashtirib olishi uchun biror tabiiy tilning so‗zlaridan mumkin qadar kam
foydalanishga harakat qilingan.
Biz yuqori darajali dasturlash tillaridan biri bo‗lgan C++ dasturlash tili bilan
tanishamiz. C++ dasturlash tili 1980 yillar boshida Byarne Straustrup tomonidan C
tiliga asoslangan tarzda tuzildi. C dasturlash tili 1972-yil Denis Pitch va Brayan
Kornegilar tomonidan yaratilgandi. C++ juda ko‗p qo‗shimchalarni o‗z ichiga
olgan, lekin eng asosiysi u obyektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni
tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyatga ega. Grafik interfeysga ega
dasturlarni yaratish uchun ob‘yektga mo‗ljallangan dasturlash tayanch baza
hisoblanadi. Ob‘yektga mo‗ljallangan dasturlashning asosiy maqsadi berilganlar va
ular ustida amal bajaruvchi proseduralarni yagona ob‘yekt sifatida qarashidir.