C++ dasturlash tilida izohlardan foydalanish




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

C++ dasturlash tilida izohlardan foydalanish 
Kimdir tomonidan tuzilgan dasturni boshqa bir dasturchi tomonidan, ayniqsa 
boshlovchilar tomonidan tushunib olish qiyin bo‗ladi. Agar dastur yetarlicha 
murakkab tuzilishga ega bo‗lsa, ma‘lum vaqtdan keyin shu dasturning muallifi 
ham tushunishga qiynalishi mumkin. Bunday vaziyatlar uchun C++ dasturlash 
tilida dasturning ayrim satrlarini tushuntirish matnlari bilan ta‘minlash imkoniyati 
mavjud. Tushuntirish matnlari esa izohlar tarzida yoki chop etish operatorida 
qo‗shtirnoq (―‖) ichiga olib yoziladi. 
C++ dasturlash tilida izohlarning ikki xil ko‗rinishidan foydalaniladi: 
ikkita bo‗lish belgisidan foydalanilsa (//), bitta fizik satr shu belgilardan to 
satr oxirigacha izohga aylanadi
dasturning ixtiyoriy sondag‗i satrlari /* va */ belgilari ichiga olinsa, o‗sha 
satrlari izohga aylanadi. 
#include  
using namespace std; 
int main( ) 


43 

int a, b, c; // a, b, c lar butun turli o‗zgaruvchilar 
cout<<‖ a va b larning qiymatlarini kiriting‖; 
cin>>a>>b; // a va b larning qiymatlari kiritilishi shart 
c=a+b; // c o‗zgaruvchiga a va b larning yig‗indisining qiymati beriladi 
cout << "c=" << c ; // c ning qiymati chop etiladi 
// a ning va b ning qiymatlarini kiritishni unutmadingizmi? 
/* cout <<" a ning va b ning qiymatlari chop etilmaydi"; 
cout << "\n Chunki bunga hojat yo‗q";*/ 
return 0; } 
Bunda to‗rt marta satrli izohlardan, bir marta umumiy izohdan foydalanildi, 
ikki marta chop etish operatoridan foydalanib, tushuntirish matnlari berildi. 
Izohlar C++ dasturlash tili tomonidan ijro etilmaydi, unda xohlagancha 
tushuntirish matnlarini yozish mumkin. Ular faqat dastur tarkibida dasturchiga 
ko‗rinib turadi. Izohlarning ekrandagi ko‗rinishi ham dasturlarning asosiy 
qismidan rangsizligi bilan ajralib turadi. Ammo chop etish operatoridan foydalanib 
tushuntirish matnlari berilsa chop etish operatori(cout) ijro etiladi. Faqat izohlar 
ijro etilmaydi. 
Izohlardan nafaqat tushuntirish matnlari sifatida, balki dasturning ma‘lum 
sondagi buyruq yoki satrlarini ijro etmaslik maqsadida ham ko‗p foydalaniladi. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



C++ dasturlash tilida izohlardan foydalanish

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish