Identifikatorlar va kalit so„zlar




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

Identifikatorlar va kalit so„zlar 
Matematikada bo‗lgani kabi C++ dasturlash tilida ham, dastur tarkibida 
foydalaniladigan o‗zgaruvchilar va o‗zgarmaslar o‗z nomiga ega bo‗lishi kerak. Bu 
nomlar matematikada lotin alifbesining bir, ikkita harflaridan tashkil topadi. C++ 
dasturlash tilida esa o‗zgaruvchi va o‗zgarmaslarning nomlari ketma-ket 255 
tagacha bo‗lan belgilardan tashkil topadi va ular identifikatorlar deyiladi. 
Identifikator tarkibida foydalaniladfigan belgilar deyilganda faqat lotin 
alifbesining katta va kichik harflari, raqamlar va tag chiziqcha( _ ) tushuniladi. 
Shuni unutmaslik kerakki,identifikatorlarni yozishga katta va kichik harflar 
farqlanadi. 
Masalan: romb va Romb; n12 va N12;aylana_raduisi va Aylana_Radiusi 
kabi identifikatorlar boshqa-boshqa identifikatorlardir. 
Bundan tashqari C++ dasturlash tilining kalit so`zlari, funksiya nomlari 
obyektlar nomlari ham identifikatorlar hisoblanadi. 
Agar identifikator ikki yoki undan ortiq so`zlardan tashkil topgan bo`lsa ham 
ular bir-birlaridan probel bilan ajratilmaydi. Ular qo`shib yoziladi.Agar ajratib 
yozish kerak bo`lsa tag chiziqcha ( _ )dan foydalaniladi. 


45 
Masalan:tenglama_yechimi yozuvi identifikatordir. C++ dasturlash tilining 
kalit so`zlari deyilganda buyruqlarni tashkil qilishda foydalaniladigan ingliz tilida 
yozilgan operatorlar (yordamchi so`zlar) tushuniladi. 
Masalan, if,else, return, while, ….. kabi so`zlar kalit so`zlardir. 
C++ dasturlash tilining operatorlaridan identifikator sifatida foydalanib 
bo`lmaydi. 
x, a1, b819, doira, maktab, ptk_meb, Rels89 larning har biri identifikator 
bo`la oladi. Lekin,
Лобар 
 
 
3ka 
dars bo`ldi
qovun, tarvuz 

Download 2,67 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish