101
ха
йук
Yuqoridagi blok sxema shaklida shart toki chin bo‘lgunga qadar
takrorlanish
bajarilaveradi.
C++ dasturlash tillarida takrorlanuvchi jarayonlarni
quyidagi usullar
yordamida tasvirlash mumkin.
-Parametr bo‗yicha takrorlash(for);
-shartsiz o‘tish bo‗yicha takrorlash(goto);
-Shart bo‗yicha takrorlash(while, do while).
for(sikl) operatori
Takrorlanuvchi jarayonlarni takrorlanish soni aniq bo‗lgan holatlardagina
parameter bo‗yicha takrorlash usulidan foydaliniladi.
Takrorlanuvchi jarayonlarni
parametr bo‗yicha C++ dasturlash tilida tasvirlash uchun, albatta, takrorlanish
soniga e‘tibor berish kerak. Parametr bo‗yicha takrorlanuvchi jarayonlarga,
masalan,
birdan
n
gacha sonlarning kvadratlarini yig‘indisini topish bunda
takrorlanish soni aniq, ya‘ni birdan dan
n
gacha deb berilyapti.
Parametr bo‗yicha takrorlanuvchi jarayonlar
takrorlanish oshishi yoki
kamayishiga qarab ikki turga bo‗linadi:
-qadam +1ga teng bo‗lgan takrorlanish;
- qadam -1ga teng bo‗lgan takrorlanish.
Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash vaqtida takrorlanish qadami birga
oshib borilsa, birinchi turdan foydaliniladi. Takrorlanish
qadami birga oshib
boruvchi parameter bo‗yicha sikl operatorining umumiy ko‗rinishi quyidagicha.