280
Bugungi kungi globallashuv asrida internetsiz
hayotimizni tasavvur
qilishimiz mumkin emas. Mamlakatimizda ham internet tarmog’i tizimi
jadal rivojlanmoqda. Internetning bugungi kundagi qulay sohalaridan biri
elektron pochtadir. Internetning qulaylik sohalaridan biri elektron
pochtadir. Elektron pochta kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar
ayirboshlash maqsadida kompyuter tarmog’iga birlashtirishdir. U
Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko’rsatish turidir.
Hozirgi kunda
elektron pochtada o’z adresi bo’lganlar soni taxminan 100 milion kishidan
oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib bormoqda.
Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta orqali jo’natishdan ko’ra
ham arzon, ham tez amalga oshiriladi (elektron pochta orqali ko’p
hollarda xabar bir necha minutlarda kerakli mazilga yetib boradi). Hozirgi
kunga kelib, AQSH va Yevropa mamlakatlarining qo’llab-quvatlashlari
evaziga elektron pochtadan foydalanish yangi yuqori pog’onaga ko’tarilish
davrini kechmoqda. AQSHda har yili bu sohada infrastruktura tarmog’ini
yaratishga millionlab mablag’ ajratilmoqda. Bundan tashqari bu ishlarda
Yaponiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Shvetsiya, Finlyandiya, va
boshqa mamlakatlar ham faol ishtrok etmoqdalar.