• 28-maqsadga ko’ra
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/212
    Sana17.05.2024
    Hajmi2,17 Mb.
    #239950
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
    Bog'liq
    Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

    Taqrizchilar: 
    S.S.Sobirjonov
    - Toshkent moliya instituti “Menejment va 
    marketing” kafedrasi dosenti, PhD 
    B.Egamov
    - Urganch davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi 
    dosenti, i.f.n.
    ISBN: 978-9943-9078-3-6 
     
    © Xolmamatov D.H., Boyjigitov S.K.. SamISI, 2022. 
    © “STEP-SEL” MChJ nashryot-matbaa bo’limi. 2022. 



    KIRISH 
    Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
    islohotlarning bugungi bosqichida yuqori texnologiyalarga asoslangan 
    qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini 
    chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor 
    mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan 
    tayyor 
    mahsulotlarning 
    turlari 
    va 
    assortimentini 
    kengaytirish, 
    korxonalarning investisiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo’llab-
    quvvatlash, mahalliy mahsulotlarimiz uchun yangi bozorlarni topish, 
    qishloq joylarda va respublikamizning olis hududlarida ishga muhtoj aholi, 
    ayniqsa xotin-qizlar hamda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning 
    turmush sharoitlari va daromadlarini oshirishga
    alohida e’tibor 
    berilmoqda. Ayniqsa, mahalliy mahsulot va xizmatlarimiz uchun yangi 
    bozorlarni 
    topish, 
    milliy 
    mahsulotlarimiz 
    mavqyeini 
    bozorda 
    mustahkamlash, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini bozor talablariga 
    moslashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. 
    2022–2026 yillar uchun mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning 
    taraqqiyot strategiyasidagi 
    28-maqsadga ko’ra
    , mamlakatimizda ishlab 
    chiqarilgan mahsulotlarni sotishning yangi salohiyatli bozorlarini aniqlash 
    asosiy masalalardan biridir
    1
    . Yangi strategik bozorlarni yaratish, maqsadli 
    bozorni tanlash, mahsulot ishlab chiqarishni bozorga yo’naltirish, 
    mijozlarga 
    xizmat 
    ko’rsatishni 
    rivojlantirish, 
    mahsulotlar 
    raqobatbardoshligini oshirishda marketing asoslari fanining o’rni va 
    ahamiyati juda kattadir. Marketing u yoki bu kompaniya (korxona, 
    firma)ning bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta’minlaydigan 
    asosiy faoliyat yo’nalishi, vosita va strategiya hisoblanadi. Marketinga 
    xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini bozor talablariga yo’naltirilishini 
    ta’minlashga imkon beradigan tizim sifatida ham qarash mumkin. 
    Bugungi kunda tovar va moliya bozorlarida monopoliyani 
    bosqichma-bosqich kamaytirilishi, raqobat muhiti shakllanayotgan bir 
    sharoitda korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan muammolar kompleks 
    tavsifga ega bo‘lib, ular orasida marketing bilan bog‘liq muammolar ham 
    mavjud. Korxona va tashkilotlar faoliyatida marketing yechimlari 
    haridorlar ehtiyojiga mos keladigan tovar assortimentini shakllantirish, 
    maqbul narxlarni shakllantirish, tovarlarni siljitish, haridorlarga servis 
    xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, sotishdan oldingi va keyingi 
    xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, fan yutuqlaridan keng foydalaniladigan 
    1
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi 
    O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli Farmoni 



    mahsulotga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlari tarmog‘ini kengaytirish 
    bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari tovarga bo‘lgan talabni o‘z vaqtida 
    qondirish, omborga joylashtirish, qayta yuklash, tovar zahiralarini 
    me’yorlashtirish, tovar harakatini boshqarish, istalgan murakkablikdagi 
    nostandart buyumlarni bajarish va boshqalarni kengaytirish hamda 
    yaxshilash borasida marketing faoliyatini takomillashtirishni talab 
    qilmoqda. Bunda esa zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan 
    marketing sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ham dolzarb 
    masalalardan hisoblanadi. 
    Yuqoridagilarni inobatga olib, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy 
    o’zgartirishlar va diversifikatsiya sharoitida marketing asoslari fanini 
    o‘qitish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar, 
    2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 
    amalga oshirishda marketing asoslari fanini o‘qitishdan maqsad – 
    iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida korxonalarning biznes 
    faoliyatida strategiya va taktikasini belgilash bo‘yicha dunyo qarashni 
    shakllantirish, bozor va iste’mol sohasining uzluksiz o‘zgarib turuvchi 
    vaziyati bo‘yicha qarorlar qabul qilish ko‘nikma va malakalarini 
    shakllantirishdan iborat. 
    Marketing asoslari fanini o‘qitishda quyidagilarga e’tibor qaratish 
    lozim: 
    1.
    Iste’mol bozori kon’yunkturasini o‘rganish, mahalliylashtirish 
    dasturi asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, 
    qayta ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
    2.
    Yangi tashqi bozorlarni o‘rganish va tarmoq hamda korxonalarning 
    eksport salohiyatini oshirib borish; 
    3.
    Maqsadli bozor segmentlarini tanlash uchun bozorni segmentlash, 
    maqsadli segmentlar uchun tovar va xizmatlarni pozisiyalashtirish; 
    4.
    Aholining harid quvvatini o‘rganish, daromad darajasini tadqiq 
    qilish, iste’molchilarning xatti-harakatlarini o‘rganish asosida narxlarni 
    shakllantirish; 
    5.
    Sotuvning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy qilish, elektron 
    savdoni yanada rivojlantirish, sotuvning yangi kanallarini loyihalashtirish; 
    6.
    Tovar va xizmatlarni siljitishning yangi shakl va usullarini ishlab 
    chiqish, reklamaning samarali vositalaridan keng foydalanish, PR 
    tadbirlarini o‘tkazish; 
    7.
    Haridorlarga servis xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, 
    sotishdan oldingi va keyingi xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish, servis 
    markazlar faoliyatini tashkil etish va boshqalar. 




    Download 2,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    Download 2,17 Mb.
    Pdf ko'rish