-jadval  Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/212
Sana17.05.2024
Hajmi2,17 Mb.
#239950
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212
Bog'liq
Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

2.2-jadval 
Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing 
konsepsiyalarini solishtirish 
Konsepsiya 
E’tiborning 
asosiy obyekti 
Vosita, yutuq, 
maqsadlar 
Daromadni 
oshirish 
manbai 
Tijorat 
faoliyatini 
jadallashtirish 
(sotish) 
Ishlab 
chiqarilgan 
tovarlar 
Sotish tizimini 
takomillashtirish, 
reklama, sotishni 
kuchaytirish 
Sotish 
hajmining 
o’sishi 
Marketing
Xaridorlar 
Marketingni 
Xaridorlar 


23 
ehtiyoji 
kompleksli 
kuchaytirish 
ehtiyojlarini 
qoniqtirish 
 
Keltirilgan 2.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, marketing 
konsepsiyasida e’tibor berilayotgan asosiy obyekt iste’molchilar zaruriyati, 
ya’ni ularning ehtiyojlarini to’laroq va samaraliroq qondirish hisoblanadi. 
Bu yerda firmaning ko’zlangan maqsadga erishishi uning qanchalik 
darajada iste’molchilar talabini o’rganganligi va raqobatchilarga nisbatan 
qanchalik darajada ularning talabini samaraliroq qondirganligiga bog’liq 
bo’ladi. 
Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing konsepsiyalari 
avvalambor tadbirkorlik faoliyatining dastlabki shart-sharoiti bilan bir-
biridan farqlanadi. Birinchi holatda asosiy nuqta (e’tiborning asosiy 
obyekti) ishlab chiqarilgan (mavjud) tovarlar hisoblanadi, keyingi ishlar 
esa minimal muddatda ko’proq daromad olish maqsadida ularni 
muvaffaqiyatli sotish yo’llarini topishga qaratilgan. Amaliyotda tijorat 
faoliyatini jadallashtirish konsepsiyasini amalga oshirish ko’pincha xaridni 
yuklash bilan bog’liq – sotuvchi nima bo’lmasin bitimni tuzishga intiladi, 
xaridorlar ehtiyojini qondirish esa uning uchun ikkinchi darajali holdir. 
Marketing konsepsiyasi ehtiyojning boshlang’ich asosi sifatida (talab, 
manfaat, istak, muammo) nafaqat joriy, balki istiqbolli hamda imkoniyatli 
ehtiyojlarni ham nazarda tutadi. Bunda korxona tezkor daromadni olishga 
emas, yuqori iste’molchilar qoniqishini yaratish va qo’llab-quvvatlash 
yo’li bilan uzoq tijoratli istiqbollarga qaratiladi. 
“Ehtiyojlarni toping va ularni qondiring” – bu ibora marketing 
konsepsiyasi mohiyatini to’la xarakterlaydi. Ehtiyojlarni raqobatchilardan 
samaraliroq qoniqtirgan korxonalar bozorda muvaffaqiyatga erishadilar. 
Marketing – iqtisodiy faoliyatning eng rivojlangan sohalaridan 
biridir. Hozirgi sharoitda uning asosiy g’oyasi – daromadni olish uchun 
ehtiyojlarni qondirish – yangi sahifalarga ega bo’ldi. Bu ma’lum 
sabablarga asoslangandir. 
Hozirgi kunda marketing amaliyotida 
ijtimoiy va axloqiy masalalarni
hisobga olish zaruriyati ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasining 
(societal marketing) rivojlanishini keltirib chiqardi. Bugungi kunda atrof-
muhitning ifloslanishi, aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi 
marketingning ana shu konsepsiyasidan foydalanishni taqozo etadi. Bu 
konsepsiya firmaning foydaliligi, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish 
darajasi va jamiyat manfaatlari kabi uch omilning o’zaro uyg’unlikda 
bo’lishini talab qiladi. 


24 
Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi bozorga muvaffaqiyatli 
kirib kelmoqda. Bunga misol tariqasida – Skandinaviya davlatlarida 
amalga oshirilayotgan Green Key («Yashil kalit») dasturidir. Bu dastur 
mehmonxona ob’yektlariga ekologiya belgisini beradi. Mazkur belgi bilan 
belgilangan joylashtirish ob’yektlarida atrof-muhitga ta’sir etishni nazorat 
qilish kiritilgan va ehtiyotkorlik bilan xo’jalik yuritish prinsiplari 
qo’llaniladi. Ko’plab odamlar atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda 
bo’lgan sharoitda Green Key mehmonxonani tanlashda juda muhim 
qo’shimcha dalil hisoblanadi. 
Ijtimoiy-ahloqiy marketing konsepsiyalarini qo’llashga qaror qilgan 
korxona bozor munosabatlarida u amal qiladigan ahloqiy qoidalarni aniq 
va bir ma’noda shakllantirish kerak. Bu qoidalar marketing sohasida juda 
dolzarbdir. Aynan u orqali iste’molchilar, ishbilarmon, hamkorlar bilan 
o’zaro aloqalar, savdo va reklamani tashkil etish amalga oshiriladi. 
Yechimning axloqiy muammosi har doim daromadni olish uchun axloqiy 
me’yorlardan foydalanish imkoniyati paydo bo’lganda yuzaga keladi. 
Axloqiy me’yorlarga rejalanadigan harakatlarning mos kelishini baholash 
uchun J.J.Lamben tomonidan 8 ta savol-test taklif etilgan: 
1.
Rejalashtiriladigan harakat mavjud qonunga zid emasmi? 
2.
Rejalashtiriluvchi harakat jamoat ahloqiy me’yorlari bilan 
nizolashmaydimi? 
3.
Rejalashtiriluvchi harakat biror-bir majburiyatning buzilishiga olib 
kelmaydimi? 
4.
Rejalashtiriluvchi harakat buzg’unchilik harakatiga ega emasmi? 
5.
Rejalashtiriluvchi harakat shaxslar yoki tashkilotlarga zarar 
yetkazmaydimi? 
6.
Manfaatdor shaxslarga teng yoki katta imkoniyatlar keltiruvchi 
alternativ harakatlar yo’qmi? 
7.
Rejalashtiriluvchi harakat mulkchilik huquqi, shaxsiy hayotni 
himoyalash, shuningdek iste’molchilar huquqini e’tiborga oladimi? 
8.
Rejalashtiriluvchi harakat boshqa shaxsning yoki shaxslar 
guruhining farovonligini pasaytirmaydimi? 
Korxona manfaatlarida axloqiy xulq foydasiga tanlash – nafaqat 
axloqiy fikr, balki qarama-qarshi tanlov jiddiy yo’qotishlarga olib kelishi 
mumkin (savdoning pasayishi, ishonchni yo’qotish va boshqalar). 
Axloqsiz xulq butun iqtisodiy tizimning faoliyatiga zarar yetkazadi va 
iste’molchilarning marketingga bo’lgan ishonchini yo’qotadi. 


25 

Download 2,17 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing

Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish