27
va jahon bozorini o’zlashtirishga umumiy yondashuvning
shakllanishini
bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy
marketing
yo’nalishlari
va
tendensiyalari
korxona
darajasida
muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul
qilish, funksiyalararo koordinasiyaning rivojlanishi
va qarorlarni qabul
qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funksiyalararo
guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Mazkur konsepsiya bugungi kunda ko’plab mamlaktlar bozorlarida
ustunlik qilmoqda. Xususan, O’zbekistonda
ham xorijiy investisiyalar
bilan bog’liq muhitning o’zgarishi, transmilliy kompaniyalarning ichki
bozorga kirib kelishi global marketing konsepsiyasini amal qilishiga zamin
yaratib bermoqda.
Shuningdek, XXI asrda strategik marketing konsepsiyasi ham o’z
o’rni va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqda. Yirik kompaniyalar o’zlarining
yaqin besh yillik, o’n yillik va undan yuqori muddatlarga mo’ljallangan
strategik rejalarini ishlab chiqmoqda.
Bunda strategik marketing
konsepsiyasi asosida iste’molchilarning joriy va kelgusidagi talablari
hamda raqobatchilarni o’rganish yotibdi.