36
1. Bozorning umumiy
xususiyatlarini tahlil qilish, iste'molchilarni
o‘rganish, mahsulotning iste'mol xususiyatlari va u haqidagi
iste'molchilarning
fikrlarini tahlil qilish, raqobatchilarni tahlil qilish,
korxonaning bozor tuzilmasini tahlil qilish
va korxonaning strategik
pozitsiyalarini baholashni o‘z ichiga olgan keng qamrovli bozor
tadqiqotilari.
2. Korxonaning ishlab chiqarish va marketing
imkoniyatlarini tahlil
qilish - mahsulot assortimentini, ishlab chiqarish quvvatlarini, korxonaning
ilmiy, texnik va kadrlar resurslarini, moliyaviy imkoniyatlarini, tovarlarni
bozorga chiqarish va boshqalarni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
3. Marketing strategiyasini ishlab chiqish.
Marketingning analitik
funksiyasini amalga oshirish natijasi har bir bozorda korxonani
rivojlantirish maqsadlari va unga erishish strategiyalarini
shakllantirish
hisoblanadi.
2)
Marketingning
ishlab
chiqarish
funktsiyasi
-
bu
iste'molchilarning tobora ortib borayotgan talablariga javob beradigan
yangi tovarlar ishlab chiqarish bo‘lib, yangi
mahsulot ishlab chiqarishni
tashkil etish, ta'minotni tashkil etish va sifatni boshqarishni o‘z ichiga
oladi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi ma'lum bir assortimentdagi mahsulotlar,
yangi
tovarlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash,
ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish,
har bir bozor segmentida raqobatchilarning
narx darajasi va narxlarini
aniqlash, ishlab chiqarishni xom-ashyo ta’minoti kabilarni o‘z ichiga oladi.