|
O‘zgartiruvchi (konversion) marketingBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandO‘zgartiruvchi (konversion) marketing
– salbiy talabning
mavjudligiga bog‘liq, bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki
xizmatni inkor qiladi. Shuning uchun mazkur holda o‘zgartiruvchi
marketingning
vazifasi
bo‘lib
qandaydir
mahsulotga
nisbatan
iste’molchilarning salbiy munosabatini ijobiy munosabatga yo‘naltirish,
narxni pasaytirish va uni samaraliroq siljitish yo‘li bilan o‘zgartirish
hisoblanadi. Xorijiy amaliyotda o‘zgartiruvchi marketingni tamaki
firmalari qo‘llaydilar, bunda davlatning sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta
idoralari
va
jamoatchilikning
faol
xatti-harakatlari
natijasida
chekuvchilarning soni keskin kamaymoqda. Mazkur holda marketingning
vazifasi bo‘lib talabning paydo bo‘lishi va uni mahsulot taklifi
darajasigacha ko‘tarishga yordam beradigan rejani ishlab chiqish
hisoblanadi. Tamaki firmalariga kelganda esa, ular yo‘qotgan vaziyatlarini
tiklash maqsadida tarkibida kanserogen moddalar kam bo‘lgan
sigaretalarning maxsus markalarini ishlab chiqish va chiqarish, bir
vaqtning o‘zida siljitish tizimini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni olib
boradilar.
Rag‘batlantiruvchi marketing
muayyan tovar va xizmatlarga
talabning
yo‘qligi
kuzatilishi
bilan
tavsiflanadi.
Bu
yerda
iste’molchilarning ushbu tovarga nisbatan befarqligi yoki qiziqishi yo‘qligi
haqida gap boradi. Marketing vazifasi bo‘lib iste’molchilarning
mahsulotga nisbatan befarqligini o‘zgartirish uchun mahsulotga xos
bo‘lgan foydali tomonlarini iste’molchilarning ehtiyojlari va manfaatlari
bilan bog‘lash usullarini axtarib topish hisoblanadi. Rag‘batlantiruvchi
marketing quyidagi vaziyatlar sabablarining oldini olishga mo‘ljallangan:
iste’molchilar mahsulotning imkoniyatlarini umuman bilmasligi,
to‘siqlarni yo‘qotish va h.k. Rag‘batlantiruvchi marketingning asosiy
qurollari: reklamani kuchaytirish, narxlarni keskin pasaytirish, siljitishning
boshqa usullarini qo‘llash.
|
| |