|
Qarshi (aks) ta’sir ko‘rsatuvchi marketingBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandQarshi (aks) ta’sir ko‘rsatuvchi marketing
sog‘liq uchun zararli
bo‘lgan yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo‘lgan o‘ yoki bu
mahsulotlar (sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional
(aqldan tashqari) talab mavjud bo‘lganda amal qiladi. Agar demarketing
yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog‘liq bo‘lsa, qarshi (aks)
ta’sir ko‘rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko‘rsatadi.
Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste’mol qilishdan voz
kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi. Bunday
marketingning narx qurollari bo‘lib narxlarni keskin qo‘tarish, bu
tovarlarga hammaga yo‘l ochiqligini cheklash bo‘lishi mumkin.
Qisqacha xulosalar
Marketing tamoyillariga amal qiladigan korxona o‘z imkoniyatlarini
bozor talablariga moslashtiradi. Ya’ni butun faoliyatini, tovar ishlab
chiqarish, sotish va sotuvdan keyingi servisni iste’molchilarga yo‘naltiradi.
Marketingning
asosiy
bosh
tamoyili
iste’molchilarga
yo‘naltirilganlik hisoblanadi. Aniq iste’molchilar muammosini samarali
yechimiga mo‘ljal olish marketing bosh tamoyilidir. Bozor ma’lum
ehtiyojlarga ega iste’molchilardan tashkil topadi. Iste’molchilar
ehtiyojlarini qondirish uchun ayriboshlash jarayonida ishtirok etishadi.
Marketing funksiyalari uning amaldagi faoliyatini ifodalaydi.
Asosan, marketingning to‘rtta funksiyasi mavjud: analitik, ishlab
chiqarish, sotish, nazorat.
Tayanch so‘z va iboralar:
iste’molchiga yo‘naltirilganlik tamoyili,
analitik funksiya, ishlab chiqarish funksiyasi, sotish funksiyasi, boshqarish
va
nazorat
funksiyasi,
o‘zgartiruvchi (konversion)
marketing,
rag‘batlantiruvchi marketing, rivojlantiruvchi marketing, remarketing,
demarketing, sinxromarketing.
|
| |