46
IV
BOB. MARKETING AXBOROTI
4.1. Marketing faoliyatida axborotning o‘rni va ahamiyati.
4.2. Marketing axboroti turlari va manbalari.
4.3. Marketing tadqiqotlari tushunchasi.
4.4. Birlamchi axborotlarni to’plash usullari.
4.1. Marketing faoliyatida axborotning o‘rni va ahamiyati.
Marketing axboroti – bu marketing faoliyatini tahlil qilish va
prognozlash uchun zarur bo‘ladigan
raqamlar, dalillar, ma’lumotlar,
baholar, taxminlar va boshqa ma’lumotlar yig’indisidir.
Marketing faoliyatida marketing axborotlari quyidagi vaziyatlarda
zurur bo’ladi:
1.
Marketing faoliyatidagi tavakkalchiliklar va noaniqliklarga aniqlik
kiritish;
2.
Marketing faoliyatida u yoki bu qarorlarni qabul qilish;
3.
Qabul qilingan qarorlarning natijalarini tahlil qilish
va baholash;
4.
Ichki va tashqi muhit holatini tahlil qilish;
5.
Bozor kon’yunkturasi holatini tahlil qilish, bozor vaziyati va korxona
imkoniyatlarini aniqlash;
6.
Raqobat
kurashi
darajasini
va
yetakchi
raqobatchilarning
strategiyalarini aniqlash va boshqalar.
Korxonalarda marketing xizmati xodimlarining marketing faoliyati
bilan bog’liq ish jarayonining kamida uchdan bir qismini, ayrim faoliyat
yo’nalishlarida teng yarimini axborot to’plash, qayta ishlash,
axborotlar
asosida tezkor qarorlar qabul qilishga sarflaydi. Chunki, bozor
kon’yunkturasi, bozor vaziyati muntazam o’zgarib turadi. Natijada tezkor
marketing axborotlariga bo’lgan talab korxonalarda oshib boradi.
Umuman, talab hajmining o’zgarish dinamikasi, sotuv hajmining
o’zgarishi, iste’molchilar xatti-harakatlaridagi o’zgarishlar, korxonaning
ichki va tashqi muhitidagi o’zgarishlarni muntazam ko’zatib borish hamda
tegishli
axborotlarni
yig’ish
marketing
faoliyatining
muhim
funksiyalaridan hisoblanadi.
Marketing axborotlari ham iqtisodiy axborotlarning
tarkibiy qismi
hisoblanadi. Shu bilan birga marketing axborotlarining ham o’ziga xos
jihatlari mavjud. Marketing axborotlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
bozor va uning kon’yunkturasi haqidagi axborot, iste’molchilar va
ularning ehtiyojlari haqidagi axborot, raqobatchilar va ularning strategiyasi
47
haqidagi axborot, tovar sotishning uslublari va shakllari haqidagi axborot,
korxonaning o’z faoliyati haqidagi axborotlar.
Barcha axborotlarga bo’lgan talablar kabi marketing axborotlariga
ham bir qator talablar qo’yiladi:
1.
Dolzarblik: haqiqiy ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etish;
2.
Ishonchlilik: marketing axborotining haqiqiy voqyealarga mosligi;
3.
To’liqlik: tadqiqot obyekti ko’rsatkichlaridan maksimal darajada
foydalanish;
4.
Maqsadga muvofiqlik: ma’lumotlarning
tadqiqot maqsadlariga
muvofiqligi.
Korxonalarda marketing faoliyati bilan bog’liq axborotlar bilan
ishlash marketing axborot tizimi (MAT) orqali amalga oshiriladi.
Marketing axborot tizimi korxonaning marketing faoliyatini amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov
berishning usullari,
uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining
yig’indisi, deb ta’riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot
tizimining eng muhim tarkibiy qismidir.
MATning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, u axborotning ichki
va tashqi manbalaridan foydalanib bozor bilan
aloqalarning rivojlanishini
ta’minlaydi.
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z
ichiga oladi:
1.
Marketing
faoliyatini
shakllantirishda
korxonaning
ichki
imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
2.
Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ
qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi
axborot.
3.
O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma’lumotlarni olish maqsadida
korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi
axborot.
4.
Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma’lumotlarni yig’ish,
ularni tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda).
MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda
noaniqlikni kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni doimo to’plab
borishdan iborat.
Tashqi manbalardan ma’lumotlar asosan marketing razvedkasi va
marketing tadqiqotlari asosida olinadi.