50
4.1-jadval
Marketing axborotlarining asosiy turlari
№
Marketing
axborotlarining
tasniflanish
belgisi
Marketing
axborotlarining
turi
Marketing axborotining
mazmuni
1.
Hosil bo’lish
davriga ko’ra
Birlamchi
Aniq muammoni yechish uchun
dala tadqiqotlari orqali maxsus
to’planishi kerak bo’lgan yangi
ma’lumotlar
Ikkinchi
Qachonlardir korxonada tadqiq
qilinayotgan
aniq
muammo
yechimi
bilan
bog’liq
bo’lmagan qandaydir maqsadlar
uchun
kimdir
tomonidan
to’plangan
ma’lumotlar
to’plami.
2.
Hosil bo’lish
joyiga ko’ra
Ichki
Kompaniya,
korxona,
tashkilotning
moliyaviy-
iqtisodiy
hisoboti
va
hujjatlaridan
olingan
ma’lumotlar
Tashqi
Korxonaning
tashqi
muhiti,
vositachilar,
ta’minotchilar,
iste’molchilarning
xatti-
harakatlari,
raqobatchilarning
strategiyalari,
bozor
munosabatlarini
davlat
tomonidan
tartibga
solish
to’g’risidagi ma’lumotlar
3. Axborotni paydo
bo’lish
chastotasiga
ko’ra
Doimiy
Marketing
qarorlarini
qabul
qilish
uchun
muntazam
yig’iladigan ma’lumotlar
O’zgaruvchan Bozor subyektlari faoliyatining
haqiqiy
miqdoriy
va
sifat
xususiyatlarini o’zgarishi bilan
bog’liq ma’lumotlar
51
Odatda marketing axborotlari birlamchi va ikkilamchiga bo’linadi.
Birlamchi marketing axboroti – bu ma’lum bir marketing muammosini hal
qilish uchun maxsus o’tkazilgan dala tadqiqotlari natijasida olingan
ma’lumotlar hisoblanadi. Birlamchi marketing axborotlarining afzalliklari
quyidagilardan iborat:
aniq belgilangan maqsadga muvofiq yig’ish;
axborotni yig’ish metodologiyasi ma’lum va nazorat qilinadi;
natijalar kompaniyada mavjud va ularni raqobatchilardan himoya
qilish mumkin;
ishonchliligi ma’lum.
Birlamchi marketing axborotlarining kamchiliklari quyidagilardan
iborat:
axborotni yig’ish va qayta ishlash uchun ko’p vaqt sarflanishi;
axborotni yig’ish va qayta ishlash jarayonida ko’p mablag’
sarflanishi;
kompaniyaning o’zi har doim ham barcha kerakli ma’lumotlarni
to’play olmaydi.
Ikkilamchi marketing axborotlari – qachonlardir korxonada tadqiq
qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir
maqsadlar uchun kimdir tomonidan to’plangan ma’lumotlar to’plami.
Tashqi ikkilamchi marketing axborotlarining asosiy manbalariga
quyidagilar kiradi:
milliy va xalqaro rasmiy tashkilotlarning nashrlari;
davlat organlari, vazirliklar, munisipal qo’mitalar va tashkilotlarning
nashrlari;
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining statistik
to’plamlari;
savdo-sanoat palatasi, turli uyushmalarning hisobotlari va nashrlari;
davriy nashrlar, jurnal va gazetadagi xabarlar;
ilmiy-tadqiqot, loyihalash institutlari va ijtimoiy tashkilotlarning
nashrlari;
simpoziumlar, kongresslar, konferensiyalar;
prays-varaqalar, kataloglar, broshyuralar va kompaniyaning boshqa
nashrlari;
konsalting tashkilotlarining materiallari.
Ikkilamchi marketing axborotlarining afzalliklari quyidagilardan
iborat:
birlamchi marketing axborotiga nisbatan yig’ish va qayta ishlash sarf
xarajatlari arzon;
52
bir nechta manbalardan olish imkoniyatining mavjudligi;
birlamchi marketing axborotlariga nisbatan tez yig’ilishi;
Ikkilamchi marketing axborotlarining kamchiliklari quyidagilardan
iborat:
axborotning qo’liq bo’lmasligi;
axborotlarni eskirganligi;
ba’zida axborotlarni yig’ish va qayta ishlash metodologiyasi
noma’lum;
axborotning ishonchlilik darajasining pastligi.
Ikkilamchi marketing axborotlari o’rganilayotgan muammoni hal
qilish uchun ilgari boshqa maqsadlar uchun, turli manbalardan olingan
ma’lumotlar hisoblanadi. Ikkilamchi marketing axborotlari ichki va tashqi
manbalardan olinadi. Ichki ikkilamchi marketing axborotlarining eng
muhim manbalari quyidagilardir: buxgalteriya hisobi, mijozlar ro’yxati,
sotish to’g’risidagi hisobotlar, shikoyatlar ro’yxati, yillik hisobotlar,
marketing rejasi va boshqa hujjatlar. Tadqiqotchilar tez-tez murojaat
qiladigan
muhim
tashqi
axborot
manbalariga:
O’zbekiston
Respublikasining Davlat statistika qumitasining statistik to’plamlari,
savdo-sanoat palatasi, har xil uyushmalarning hisobotlari, ommaviy
axborot vositalari, maxsus nashrlar, oldin o’tkazilgan marketing
tadqiqotlari natijalari chop etilgan byuletenlar, Internet tarmog’idagi
ma’lumotlar kiradi.
Marketing axborotlarini iste’molchilar, ta’minotchilar, distribyutorlar
va boshqa vositachilar, korxonaning savdo xodimlari, raqobatchilar bilan
to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish orqali ham yig’ish mumkin.
Iste’molchilar, ta’minotchilar, distribyutorlar, korxonaning savdo
xodimlari, raqobatchilar bilan muloqot natijasida iste’molchilar ehtiyojlari,
kompaniya va uning mahsulotlari haqida qimmatli ma’lumotlarni olish
mumkin. Menejerlar ba’zida e’tibordan chetda qoldiradigan tashqi
marketing axborot manbai – bu mahsulot va xizmatlarni chakana savdosi,
chakana sotuvchilar hisoblanadi.
Zamonaviy raqobat sharoitida kompaniyalar barqaror raqobat
ustunligini saqlab qolishining muhim vositasi sifatida marketing
axborotlari qaralmoqda. Tashqi muhitning holati va rivojlanish
tendensiyalarini tavsiflovchi bozor faoliyatida marketing axborotlarini
yig’ish, tizimlashtirish, baholash va ulardan foydalanish korxonani
boshqarish bilan bog’liq qarorlar qabul qilishning ishonchli asosidir.
Korxonadan tashqaridagi jarayonlar va hodisalarning rivojlanishini
aniqlaydigan tashqi omil(ekzogen)lardan tashqari, ichki (endogen) omillar
53
ham mavjud bo’lib, ularni bozor sharoitida murakkab biznes tizimlarini
boshqarish uchun ham hisobga olish zarur.
Ikkilamchi
marketing
axborotlarining
yetishmasligi,
birinchi
navbatda, ikkilamchi marketing axborotlari odatda ma’lum bir marketing
tadqiqotining maqsadlaridan farq qiladigan maqsadlar uchun yig’ilganligi
bilan bog’liq. Shunday qilib, ikkilamchi marketing axborotlarining
ishonchliligini baholash uchun beshta asosiy savolga javob berish kerak:
1.
Bu axborotni kim to’plagan va tahlil qilgan?
2.
Axborotni to’plash va tahlil qilishda qanday maqsadlar ko’zlangan?
3.
Qanday ma’lumotlar to’plangan va qanday qilib?
4.
Axborotni qayta ishlash va tahlil qilish uchun qanday usullar
ishlatilgan?
5.
Bu ma’lumot boshqa shunga o’xshash ma’lumotlarga qanchalik
darajada mos keladi?
Ikkilamchi marketing axborotlar asosida bozorning umumiy iqtisodiy
xususiyatlarini, ayrim tarmoqlarning mavqyeini, tashqi bozorga chiqishda
milliy va boshqa o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Ikkilamchi marketing axborotlarini yig’ishda, ichki yoki tashqi
axborotlarning ahamiyati tadqiqot maqsadlari va tadqiqot obyektlariga
qarab belgilanadi. Marketing tadqiqotlarida ikkilamchi marketing
axborotlari manbalarini tanlash uchun axborot matrisasidan foydalanish
taklif etiladi. Bu tadqiqotning ayrim obyektlariga qarab ichki va tashqi
axborotlardan foydalanish imkoniyatini (ehtimolligini) ko’rsatadi. Axborot
matrisasining umumiy ko’rinishi 4.2-jadvalda keltirilgan.
“X” belgisi tadqiqotda ma’lum bir ma’lumot manbasidan foydalanish
imkoniyatini ko’rsatadi.
Marketing axboroti eng asosiysi marketing muhitini tahlil qilish
uchun zarur bo’ladi. Marketing muhitini tahlil qilish jarayonida marketing
axborotlarining qiymati, manbasi, kerakli axborotlar yo’nalishlari juda
muhim. 4.3-jadvalda marketing muhitini tahlil qilish uchun kerakli bo’lgan
ma’lumotlar keltirilgan.
|