59
Chunki, marketing tadqiqotlariga asoslanib, korxonalar mahsulotlariga
bo’lgan talabni va bu mahsulotning raqobatbardoshligi qanday ekanligi
haqida ma’lumotlar oladilar. Umuman olganda,
marketing tadqiqotlari
korxona faoliyati haqidagi noaniqliklarni kamaytirishga yordam berib,
korxonaning samarali faoliyatini ta’minlaydi.
Marketing tadqiqotlari aniq bozordagi vaziyat va noaniqliklarni
kamaytirish maqsadida axborotlarni maqsadli yig’ish, tahlil qilish,
sharhlash asosida marketing qarorlarini qabul qilish jarayonidir.
Marketing tadqiqotlarini o’tkazishga bo’lgan ehtiyoj quyidagi
hollarda paydo bo’ladi:
faol marketing qarorlarini qabul qilishda
axborotlar hajmi yetarli
bo’lmasa;
korxonada marketing strategiyasi va maqsadga yetaklovchi
mexanizmning bir ovozdan ma’qullanmagan vaziyatlarda;
bozor vaziyatining keskinlashuvi (korxona tovarlari va xizmatlariga
talabning pasayishi, sotuv hajmi miqdorining kamayishi);
yangi strategik va taktik rejalarning
shakllanishida;
menejerlar
marketing
tadbirlarini
o’tkazishda,
marketing
harakatlarini tanlashda qiyinchiliklarga duch kelsa.
Marketing tadqiqotlari – bu korxonani bozorlar, iste’molchilar,
raqobatchilar va marketing muhitining boshqa elementlari bilan
bog’laydigan axborotlar funksiyasidir. Marketing axborotlarini yig’ish
uchun marketing tadqiqotlari tashkil etiladi. Marketing tadqiqotlari aniq va
me’yoriy talablar asosida tashkil etilsa, o’z vaqtida, ishonchli, to’liq
marketing axborotlari yig’iladi. Tadqiqotlar predmeti bo’lib marketing
faoliyati, shuningdek jarayonlar va hodisalar hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari yo’nalishi o’rganilgan obyektlarni tanlash
orqali aniqlanadi. Marketing tadqiqotlarining yo’nalishi kengayib
bormoqda. Lekin, quyidagi yo’nalishlaridagi tadqiqotlar korxona uchun
eng muhim hisoblanadi
15
:
1.
Bozor sig’imi va uning potensiali.
2.
Aholi daromadlari.
3.
Iste’molchilarning hulq atvori.
4.
Bozor ulushlarining firmalar o’rtasida taqsimlanishi.
5.
Reklama va uning samaradorligi.
6.
Narx siyosati va narx egiluvchanligi.
7.
Axborot oqimlari.
15
Ибрагимов Р.Г. Маркетинг. Дарслик. – Т.: Шарқ, 2002. – 172
60
8.
Tovar harakati kanallari.
9.
Yangi mahsulotlarga iste’molchilarning munosabati.
10.
Xalqaro biznes va eksport.
11.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari.
12.
Sotishni rag’batlantirish.
13.
Mahsulot va firmalarning raqobatbardoshligi.
14.
Firma xodimlarining faoliyati.
15.
Marketing infrastrukturasi.
Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib
turibdiki, marketing tadqiqotlari
korxona faoliyati bilan bog’liq hamma yo’nalishlarda olib boriladi va
pirovardida korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga imkon
beradi. Korxonalar marketing tadqiqotlarini olib borishlari va marketing
tadqiqotlari o’tkazish uchun ixtisoslashgan
kompaniyalarga buyurtmalar
berishlari ham mumkin. Odatda, yirik va yetarli moliyaviy resurslarga ega
bo’lgan korxonalar marketing tadqiqotlarini mustaqil o’tkazadilar. Bunday
korxonalar soni Respublikamizda yildan yilga ko’payib bormoqda.
Jumladan, Samarqand shaharida joylashgan “SamAntepGilam” MChJ,
MONDELUX bredni ostida faoliyat yurituvchi “Globod mebel” MChJ,
“Samavto” MChJ, “Agro Bravo” MChJ kabi korxonalarda marketing
xizmati tomonidan marketing tadqiqotlari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, mamlakatimizga o’zining investsiyalarini kiritayotgan
xorijiy kompaniyalar dastavval, bozorni o’rganish bo’yicha marketing
tadqiqotlari o’tkazishmoqda. Mazkur
tajriba mahalliy korxonalar
amaliyotiga ham kirib borishiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Xorijiy
hamkorlar bilan birgalikda faoliyat yuritayotgan biznes sub’ektlari
marketing faoliyatida marketing tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
Amaliyotda marketing tadqiqotlarining bir necha turlari qo’llaniladi.
Marketing tadqiqotlarining turlari turli belgilarga qarab tasniflanadi (4.6-
jadval).