63
Dala tadqiqoti
– muayyan marketing tahlili uchun ma’lumotlarni
maxsus to’plash va ishlov berish. Dala
tadqiqoti birlamchi axborotga,
ya’ni muayyan tadqiqot qilinayotgan muammoni hal qilish uchun
hozirgina olingan ma’lumotlarga asoslanadi.
Birlamchi axborotning
afzalliklari: ma’lumotlar tadqiqotchilik vazifasining aniq maqsadlariga
ko’ra to’planadi; ma’lumotlarni to’plash
uslubiyati nazorat qilinadi;
hamma natijalar korxona uchun ochiq va sir saqlanishi mumkin.
Kamchiliklari: moddiy va mexnat xarajatlarining ko’pligi.
Odatda, dala va kabinetli tadqiqotlar amaliyotda bir-birini to’ldiradi.
Marketing tadqiqotlarining bir qismi bo’lib bozor kon’yunkturasini, ya’ni
shu paytda mazkur bozorda turli xil sharoitlar yig’indisi ta’sirida vujudga
kelgan holatni tahlil qilish hisoblanadi.
4.1-rasm. Korxonada marketing tadqiqotlariniyag algoritmi.
Marketing jarayonlarining rivojlanish variantlarini baholashda
immitasion modellash metodlari qo’llaniladi. Ularning mohiyati marketing
muhitining nazorat qilinadigan va nazorat
qilinmaydigan omillarining
matematik modelini tuzishdan iborat. Ko’pgina hollarda marketing tizimi
ta’siri natijalarining marketing muhiti omillariga analitik bog’liqligini
aniqlash mumkin. Va, albatta, marketing tadqiqotlari natijasida olingan
ma’lumotlar korxonaning marketing axborot tizimida to’planishi kerak.