64
iste’molchilarning
muayyan guruhi, muayyan tizim,
raqobatchi firmalar,
korxonaning ichki muhiti va hokazo Tadqiqotning predmetlari sifatida
aniq
tovarlar, xizmatlar, korxonaning potensiali yoki obro’izzati
chiqishi
mumkin, ya’ni marketing tadqiqotlarining natijalari asosida nimaga
nisbatan boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilish rejalashtiriladi. Tadqiqot
metodi ilmiy izlanishni amalga oshirish usulidan iborat.
Tadqiqotning konsepsiyalarini ishlab chiqish
. Tadqiqotning bu
bosqichida vazifani qanday qilib yechish kerakligini aniqlash muhimdir.
Tadqiqotning konsepsiyasini ishlab chiqish o’z
ichiga gipotezalarni
aniqlash, ma’lumotlarni to’plash metodi va tanlab olingan to’plamning
hajmi kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Farazning nazariy gipotezasini
shakllantirish tadqiqot natijalarini so’nggi statistik tekshirishni o’tkazish
va erkin talqin etish imkoniyatlarini cheklash uchun zarurdir.
Gipotezalarning manbai bo’lib ijodiy va mantiqiy fikrlash, o’xshashliklar,
tegishli adabiyotlarni o’rganish lozim. Tadqiqotni tashkil etishning zaruriy
sharti bo’lib bosh to’plamni oldindan o’rganib chiqish, uning bir xilligini
baholash va tanlab olingan to’plam hajmining asoslanganligi hisoblanadi.