O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/212
Sana17.05.2024
Hajmi2,17 Mb.
#239950
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   212
Bog'liq
Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand

Muammo 
bo’yicha 
boshqaruvchilik 
qarori

Marketing 
faoliyatining asosiy determinantlariga omillarning ikki guruhi kiradi: 
firmaning nazorat qilinmaydigan, yoki tashqi va nazorat qilinadigan, yoki 
ichki omillari. Nazorat qilinmaydigan omillarga firma bozorda duch 
keladigan cheklovlar kiradi. Nazorat qilinadigan omillarni to’rtta keng 
kategoriyalarga birlashtirish mumkin. Xaridor nazari bilan qarasak, ular 
quyidagilarga mos keladi: 
tovar yoki xaridorning muammosini “hal qilishga”, ya’ni yaratilgan 
boyliklar to’plamiga; 
narxga, tanlangan qarordan foydalanish uchun xaridor qiladigan 
xarajatlarga; 
joy yoki tovarlarni xaridorlar uchun qulayroq ko’rinishda taqdim 
etishga; 
siljitishga yoki taklif etiladigan tovarning ijobiy xususiyatlari haqida 
xabar beruvchi kommunikasiyalarga. 
Shunday 
qilib, marketingning butun kompleksi bo’yicha 
boshqaruvchilik qarorlari korxona muhitining ham nazorat qilinadigan, 
ham nazorat qilinmaydigan omilari bo’yicha integrallashishi kerak. 
 
4.4. Birlamchi axborotlarni to’plash usullari 
Birlamchi marketing axborotlarini yig’ishning bir qancha usullari 
mavjud. Jumladan, so’rov, kuzatish, fokus-guruh, ekspertlar, eksperiment 
usullar yordamida birlamchi axborotlar yig’iladi.
 
So’rov
– marketing tadqiqotlarida birlamchi axborotni yig’ishning 
eng ko’p qo’llaniladigan usuli hisoblanadi. Bu usul deyarlik 90 foiz 
tadqiqotlarda qo’llaniladi.
 
So’rov – bu birlamchi marketing axborotlarini og’zaki yoki yozma 
ravishda murojaat qilib biron-bir obyektga nisbatan subyektlarning 
fikrlarini, afzal ko’rishlarini, e’tirozlarini, xoxish-istaklarini bilishga 
qaratilgan usuldir.


67 
So’rovlar bir qator belgilariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

Download 2,17 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   212




Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish