76
Makromuhit korxona faoliyati uchun umumiy sharoit yaratadi.
Umuman makromuhit bozorga ta’sir etuvchi, shu bilan birga har bir bozor
subyektiga alohida ta’sir etuvchi kuch va omillardan yig’indisidir.
Ko’p hollarda makromuhit omillari ma’lum bir korxona uchun
spesifik tavsifga ega bo’lmaydi. Ammo ularning har biri uning ta’sirini
o’zida sezadi va uni boshqara olmaydi. Makromuhitga faqatgina
moslashish mumkin. Har bir korxona o’zi
mustaqil moslashish
masalalarini hal qiladi, uning musbat ta’sir etuvchi tomonlarini kuchaytirib
va manfiy ta’sir etishning oqibatlarini kamaytirishga harakat qiladi. Ammo
makromuhitni noqulay omillarining yo’liga tusiq qo’yish uchun, uning
ta’sir etishining oqibatlarini, imkoniyatlarini va mexanizmlarini tahlil qilib
aniqlash kerak.
Korxona, uning ta’minotchilari, marketing vositachilari,
mijozlari
(iste’molchilar) asosan katta makromuhit kuchlari doirasida faoliyat
ko’rsatadi. Bu kuchlar “nazoratga bo’ysunmaydigan” omillar hisoblanib,
korxona bu omillarni diqqat bilan kuzatib borishi va unga o’z
munosabatini bildirishi maqsadga muvofiqdir.
Ta’minotchilar
– bu korxonaning aniq tovar ishlab chiqarishi uchun
zarur bo’ladigan xom-ashyo materiallari, jihozlar va texnik vositalar bilan
shartnomaga binoan ta’minlab turuvchi firmalar va ayrim shaxslardir.
Korxonaning u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan
xom ashyoning o’z vaqtida yetkazib berilmasligi bu korxonaning samarali
faoliyat ko’rsatishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Vositachilar
–
bu mahsulotlarni siljitish, tarqatish va sotishda
firmalarga yordam ko’rsatuvchi bozor subyektlaridir. Vositachilar savdo
va
transport korxonalari, sotish bilan shug’ullanuvchi firmalar va moliya
korxonalari bo’lishi mumkin.
Savdo va transport vositalari mijozlarga tovarlarni sotib olish va
tashish joyi, vaqti bo’yicha qulay xizmat ko’rsatib, buyurtmachilarning bu
boradagi sarf xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Marketing
xizmati ko’rsatish bo’yicha vositachilar esa, marketing tadqiqotlari
o’tkazish, reklama
ishlarini tashkil etish, shu tovarlarga mos bozorlarga
siljitish vka hokazolar bo’yicha yordam ko’rsatadilar. Moliya vositachilari
sifatida banklar, kredit va sug’urta kompaniyalari xizmat ko’rsatadilar.
Har qanday firma o’z faoliyati jarayonida turli xil raqobatchilar bilan
munosabat yuritishlariga to’g’ri keladi. Raqobatchilar deganda ma’lum bir
firma faoliyat yuritayotgan bozorlarda xuddi shunday mahsulotni sotishda
ishtirok etayotgan korxonalar tushuniladi. Bunday korxonalar orasidagi
kurash haqqoniy raqobatga, ba’zan esa g’irrom raqobatga ham asoslangan
77
bo’lishi mumkin. Haqqoniy raqobatga
asoslangan kurash deganda
tannarxni pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish, qo’shimcha
xizmatlar
sektorini kengaytirish va zamonaviy marketingning boshqa usullarini
qo’llash natijasida boradigan kurashni tushunamiz. G’irrom raqobatga
asoslangan kurash deganda esa demping, korrupsiya, shantaj, shuningdek,
ikkinchi tomonni xom ashyo, ish kuchi va ta’minotchilardan mahrum etish
yo’llari bilan olib boriladigan kurashlar tushuniladi.
Rivojlangan
mamlakatlarning ko’pchiligida raqobatchilar orasidagi kurash haqqoniy
raqobatlarga asoslanganligi bilan alohida diqqatga sazovordir.