|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis institutiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandIshlab chiqarish:
ishlab chiqarish bo’limlari (soni, mutaxassisi,
quvvati), ijaraga olingan yoki o’zining ishlab chiqarish bazasi hozirgi
holatiga qarab taklif etiladigan tovarlar hajmi, qo’llaniladigan texnologiya
turi, mijozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etilishi, tovar sifatini nazorat
qilish, tahdidsizlikni ta’minlanishi, ishlab chiqarish kuchi, xizmat
ko’rsatishdagi to’g’ridan-to’g’ri yo’qotishlar. Ishlab chiqarish quvvatidan
to’liq foydalanish darajasini baholash ham muhim o’rin tutadi.
Marketing:
qo’llaniladigan strategiyalar, bozor (katta-kichikligi,
o’rni, raqobatchilar), xaridorlari, korxona imiji, korxona tovarlari, narxi,
sotilishi va kommunikasiya siyosati, axborot bilan ta’minlanish holati va
tashkil etilishi, o’zaro marketing munosabatlari, ichki marketing. Hozirgi
zamon muhim tahlil yo’nalishlaridan biri benchmarking (ing.
Benchmarking) –etalon deb qabul qilingan korxonalarga nisbatan o’zining
marketing faoliyatini baholash usullaridir.
Moliyaviy-iqtisodiy potensial:
korxona aktivlari, o’zining va qarzga
olingan kapitali, kredit imkoniyatlari, kapital aylanish tezligi va likvidligi,
mablag’ni rejalashtirish, yalpi daromad, foyda va undan foydalanish.
Korxona faoliyatining muhim ko’rsatkichlaridan biri uning rentabelligidir.
U olinayotgan daromad ko’rsatkichining (sotuv hajmi, yalpi daromad,
ishlab chiqarishga aylanma mablag’lar, asosiy fondlarning tannarxi va
h.k.) nisbati bo’yicha hisoblanadi.
Xodimlar (personal)
– tarkibi va malakasi, kasbiy va malakaviy
darajasi, kadrlarni shakllantirish siyosati (rejalashtirish, tanlash va
vaqtincha yollash, ishdan bo’shatish, qo’nimsizligi va h.k.), personal
rivojlanishi (kasbiy yo’naltirish va qayta tayyorlash, attestasiya va
75
baholash, xizmat jarayonida o’sishini ta’minlash), mehnatni tashkil qilish
va rag’batlantirish, xizmatchilar orasidagi munosabatlarni qo’llash va h.k.
Ichki muhit korxonaning samarali faoliyati imkoniyatlarini aniqlaydi.
Ammo marketing konsepsiyalaridan kompleks ravishda foydalana olmasa
muammolar manbai ham bo’lishi mumkin.
|
| |