72
bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining
nazorati ostida bo’ladi (faoliyat
sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash,
xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati,
maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo’llarini tanlash,
raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini
yechish).
Shunday qilib, mikro-muhitni o’rganish bozorning aniq subyektiga
nisbatan qo’llanilgan holda amalga oshiriladi, undan farqli ravishda
makro-muhit esa
marketing va bozor subyektlari, mamlakat va xalq
iste’moli tovarlari sohalari uchun umumiy ko’rinishda namoyon bo’ladi.
Xalqaro bozorlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar xalqaro
marketing muhitiga duch keladi. Xalqaro marketing muhitining
xususiyatlari
asosan
ayirboshlash
(almashinish)
jarayonlarini
murakkablashtirayotgan to’siqlarni yo’qotishdan iborat. Turli xil
iqtisodiyotlar va mamlakatlar o’rtasida qiyosiy ustunliklarni qayta
taqsimlash ro’y beradi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar (dastavval,
Janubiy-Sharqiy Osiyoda), shuningdek, Sharqiy Yevropa mamlakatlari
ko’rinishidagi yangi raqiblar paydo bo’ldi. Ular ilgari g’arbiy mamlakatlar
hukmron bo’lgan iqtisodiyotning qator bazaviy sektorlariga (po’lat, kimyo,
to’qimachilik mahsulotlari) nisbatan qulay o’rinlarga chiqib oldilar.
Yevropa hamjamiyati asosiy sanoat mahsulotlari (avvalo
xom ashyo va
materiallar) bozorlarida Sharqiy Yevropa mamlakatlarining faolligini seza
boshladi. An’anaviy rivojlangan mamlakatlar uchun xos bo’lgan raqobat
ular chegaralaridan chiqib ketib, haqiqiy global tus oddi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, MDH ga nisbatan
G’arb mamlakatlari tomonidan uchta asosiy marketing konsepsiyasi
qo’llaniladi:
1. G’arbda ishlab chiqarish, Sharqda sotish – bu konsepsiya Sharqiy
Yevropa va MDH mamlakatlarida haligacha mavjud bo’lgan tovar
defisitiga asoslanadi va foydani olib chiqish
va valyuta konvertasiyasi
bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina muammolarga qaramay keng tarqalgan. Bu
yerda G’arb ishlab chiqaruvchilari va vositachilari tomonidan nafaqat
tovarlarning va ishlab chiqarishning yuqori sifati, balki marketing
afzalliklari ham maydonga chiqadi.
2. Sharqda ishlab chiqarish, G’arbda sotish – bu konsepsiya ko’pgina
G’arb kompaniyalari uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu
kompaniyalar Sharqiy Yevropa va MDHdan G’arbda sotish uchun ishlab
chiqarish ba’zasi sifatida foydalanish, malakali Sharqiy Yevropa ish
kuchini ekspluatasiya qilish va mavjud marketing kanallari yordamida
73
mahsulotlarni sotish kabi yo’llar bilan ta’minlangan.
Bundan kelib
chiqadiki, xalqaro savdo tizimiga kirish uchun bozorlarni ochish emas,
balki yangi industrial mamlakatlar singari G’arb firmalari bilan kurasha
oladigan yangi raqobatbardosh sohalarning paydo bo’lishi eng muhim
ahamiyat kasb etadi.
3. Sharqda ishlab chiqarib, shu yerning o’zida sotish – bu konsepsiya
G’arb biznesi uchun ma’lum qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi,
chunonchi: yuqori sifatli xom ashyoning yetishmasligi, byurokratik
kelishuvlarning murakkabligi, narxlashtirish
mexanizmining samarasizligi
va, ayrim hollarda, bozor imkoniyatlaridan foydalanishda ko’zda tutib ish
qilishning nuqsonlari. Bunga qaramay, ishlab chiqarish va sotish
strategiyasi ko’pgina G’arb firmalari tomonidan faol amalga oshirilyapti.
Masalan, Markaziy Osiyo bozori o’z miqyoslari bilan eng yirik ishlab
chiqaruvchilar, shu jumladan, kir yuvish vositalari, tish pastasini
chiqaradigan «Prokter end Gembl» va «Koka-kola» kompaniyalarini,
«Nestle» konserni va boshqalarni qiziqtirib qoldi.