80
5.4. SWOT tahlilning mazmuni
Korxonani tahlil qilish uchun qo’llaniladigan SWOT tahlil kuchli
(strengths), kuchsiz (weaknesses), imkoniyatlar (opportunities) va
tahdidlar (threats) qismlaridan iborat bo’lib, ichki va tashqi muhitni
birgalikda o’rganishni imkonini beruvchi keng e’tirof qilingan yondoshuv
hisoblanadi. SWOT tahlil usulini qo’llash orqali korxonaga xos bo’lgan
kuchli va kuchsiz o’rtasida hamda tashqi tahdid va imkoniyatlar o’rtasida
aloqa yo’llarini o’rnatishga erishiladi. SWOT tahlil
usuli avval kuchli va
kuchsiz tomonlarni aniqlashni, shuningdek,
tahdid va imkoniyatlarni,
undan so’ng ular o’rtasida korxona strategiyasini aniq ifoda qilish uchun
ishlatilishi mumkin bo’lgan aloqa zanjirini o’rnatishni mo’ljallaydi.
Tashqi muhit bilan bog’liq bo’lgan tahdid va imkoniyatlar hamda
korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlar ro’yxatining
quyidagi taxminiy
tavsiflar yig’indisidan iborat bo’ladi.
Kuchli jihatlar:
muqobil moliyaviy resurslarga ega bo’lish;
bozordagi yetakchilik mavqyeini egallash;
xaridorlardagi yaxshi fikrlarning shakllanganligi;
ishlab chiqarish hajmini o’sishda iqtisod qilishga ega bo’lish;
kuchli raqobatchi tayziqidan
himoyalanish;
qulay texnologiyalarga ega bo’lish;
xarajatlar doirasida afzallikka erishish;
raqobat doirasidagi afzalliklar;
innovasion qobiliyatlarni borligi va ularni hayotga tadbiq qilish
imkoniyati;
yuqori darajali marketing faoliyati;
professonal menejmentga ega ekanligi.
Kuchsiz jihatlar:
aniq strategik yo’nalishning yo’qligi;
moliyaviy imkoniyatlarning
cheklanganligi;
bozordagi mavqyeining pastligi;
raqobatchilar bosimidan himoyalanmaganlik;
boshqarish qobiliyatining va muammolarni hal qilishda iste’dodning
yetishmasligi;
ayrim muhim malaka va mutaxassislik bilim turlarining yo’qligi;
strategik jarayonlarni bajarilishini nazoratining sustligi;
ichki ishlab chiqarish
muammolaridagi qiyinchiliklar;
tadqiqot va ishlab chiqarish sohasida qoloqlik;
bozor haqida sust tasavvurlarga ega bo’lish;
81
o’rta ko’rsatkichdan past bo’lgan marketing qobiliyati;
strategiyada zarur o’zgarishlarni moliyalashtira olmasligi.
Imkoniyatlar:
yangi bozorlarga yoki bozor segmentlarga chiqish;
ishlab chiqarish
tizimini kengaytirish;
bozor sig’imining o’sishi;
o’zaro bog’liq mahsulotlarda turli-tumanlikni oshirish;
vertikal integrasiya;
raqobatchi firmalar o’rtasida ustunlik;
bozor rivojlanishini jadallashtirish.
Tahdidlar:
yangi raqobatchilarning paydo bo’lish tahdidi;
o’rin bosuvchi mahsulotlar sotilishining o’sishi;
bozor rivojlanishining sekinlashuvi;
iqtisodiyotning pasayishi;
iste’molchilar dididagi o’zgarishlar;
hukumatning
nomuvofiq siyosati;
salbiy demografik o’zgarishlar.
Korxona ushbu ro’yxatning 4 ta qismini har birini o’zi turgan aniq
vaziyatni aks ettiruvchi ichki va tashqi muhit ta’rifi bilan to’ldirishi
mumkin.
Korxonaning kuchsiz va kuchli tomonlarini,
shuningdek tahdid va
imkoniyatlarini aniq ro’yxati tuzilgandan so’ng ular o’rtasidagi o’zaro
aloqa o’rnatish bosqichi boshlanadi. Ushbu aloqalarni o’rnatish uchun 5.2-
rasmdagi ko’rinishga ega bo’lgan SWOT matrisasi tuziladi.