94
to‘lov shakli.
Nisbiy iste’mol:
iste’mol qilish yoki qilmaslik;
qachon iste’mol qilish;
qanday iste’mol qilish.
Mahsulotlardan ozod bo‘lish borasida:
oddiy tashlab yuborish;
qayta ishlash;
qayta sotish (remarketing, foydalanilgan buyumlarni sotish).
Ko‘p yillar davomida tadqiqotchilar
va mutaxassislar tanlov
jarayonidagi ayrim insonning xatti-harakatini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab
amaliy va nazariy tadqiqotlarni olib borishgan. Bu yo‘nalishda qaror qabul
qilish jarayonini muhim muammolardan biri sifatida qaraydigan Djon
Dyuining fikrlari alohida o‘ringa egadir. Muammoni yechish deganda
ehtiyojni qondirilishiga erishish uchun qaratilgan fikrlangan va ketma-ket
harakatlar tushuniladi.
So‘nggi tanlovga ichki motivatsiya va jamoatchilik
fikri hamda bozor
faolligi kabi tashqi omillar ta’sir etishi mumkin. Insonlar qandaydir tarzda
bu barcha omillar ta’sirida tanlovni amalga oshirishadi hamda ular uchun
mantiqqa ega va ketma-ket bo‘lgan qarorlarni qabul qilishadi.
Ayrim xollarda haridorlik qarori mahsulot sifatining puxta tortilgan
va amaliy (funksional) bahosini o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha «oqilona qaror
qabul qilish» iborasi ushbu holat uchun taa’luqli bo‘ladi. Boshqa
holatlarda emotsional tanlov ustun keladi va harid ob’ekti
qoniqish,
fantaziya va estetik baholash nuqtai nazaridan rasman ko‘rib chiqiladi.
Harid va iste’mol odatda amaliy va emotsional jihatlarni aks ettiradi.
«Muammoni yechimi» mavzusiga keng nazar tashlash o‘z ichiga
iste’molchi xulq-atvori barcha tiplarini va motivatsion va boshqa
omillarning keng qismini oladi. Umumiy ko‘rinishda iste’molchi
qarori
qo‘yidagi bosqichlardan o‘tadi:
1. Ehtiyojlarni anglash – xozirgi holat va kutilayotgan holat
o‘rtasidagi farq. Qaror qabul qilish jarayonini faollashtiradi va
rag‘batlantiradi.
2. Axborotlarni qidirish – xotiradagi axborotlarni izlash (ichki izlash)
yoki izlash predmetiga taa’luqli bo‘lgan tashqi axborotlardan foydalanish
(tashqi izlash).
3. Hariddan oldingi variantlarni baholash –
kutilayotgan foyda va
maqbul bo‘lgan variantgacha tanlovni cheklash nuqtai nazaridan
muqobillarni baholash.
95
4. Harid – maqbul bo‘lgan mahsulot variantini yoki o‘rnini bosuvchi
mahsulotni harid qilish.
5. Iste’mol – harid qilingan mahsulotni iste’mol qilish.
6. Hariddan keyingi variantlarni baholash – hariddan qay darajada
qoniqish olinganligini baholash.
7. Ozod bo‘lish – foydalanilmagan
yoki foydalanilgan mahsulot
qoldiqlaridan ozod bo‘lish.
Harid to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayonining modeli – real voqea
xodisalarni
aks
ettiruvchi
vositadir.
Modelda
asosiy
bloklar
(o‘zgaruvchilar) va ularning o‘zaro aloqadorligini ajratib ko‘rsatish
mumkin. Bunday tipdagi modellar bir qator ustunliklarga egadir:
1. Iste’molchi xulq-atvorini tushuntirib beradi. O‘zgaruvchilar va
holatlarni o‘zgarganda nima bo‘layotganligini vizual tushunish mumkin.
2. Tadqiqot uchun koordinatalar tizimini beradi. Bilim va
tushunishdagi kamchiliklar aniq bo‘lmoqda va ustivor tadqiqot
yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Model bundan tashqarii alohida
tadqiqot loyihalarini bir-biri bilan taqqoslash imkonini beradi.
3. Axborot menejmenti uchun fundament bo‘lib hisoblanadi.
Modeldan to‘g‘ri foydalanish harid to‘g‘risida qaror qabul qilishning turli
jarayonlarini tushunish uchun zarur bo‘lgan axborot tiplarini ochib beradi
va marketing strategiyasini o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi.
Harid to‘g‘risida qaror qabul qilish ko‘plab omillarga bog‘liqdir:
1.
Individual farqlar;
2. Atrof muhit ta’siri;
3. Psixologik jihatlar.
Iste’molchi xulq-atvoriga individual farqlarning beshta asosiy toifasi
ta’sir qiladi:
iste’molchining imkoniyatlari;
bilim;
munosabat;
motivatsiya;
individuallik, qimmatdorlik va turmush tarzi.
Qarorlarni qabul qilishning boshlang‘ich bosqichi ehtiyojlarni
anglash hisoblanadi. Ehtiyojlarni anglash jarayoni 6.1-rasmda keltirilgan.