|
O‘rganiladigan resurslar yoki axborotni qayta ishlashBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandO‘rganiladigan resurslar yoki axborotni qayta ishlash.
Supermarketlarga tashrif buyurganda ko‘plab haridorlar sotish rastalarga
ko‘z yugurtirishib, tovarlarni olishadi va etiketkalarni taqqoslashishadi
hamda do‘konda daqiqalar emas balki soatlarni o‘tkazishayotganliklarini
ko‘rish mumkin. Ushbu holat haridorlarda yana bir resurs borligini
isbotlaydi va bu resursni tovarlar va xizmatlarni harid qilish uchun
sarflayotganliklarini tasdiqlaydi. Bu resurs o‘rgani-ladigan resurs yoki
axborotni qayta ishlash deb nomlanadi.
O‘rganiladigan resurslar axborotlarni qayta ishlash bo‘yicha turli xil
harakatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyat hisoblanadi.
Iste’molchilarning ana shu resurslari uchun sotuvchilar ularning pullari va
vaqti singari kurashishadi. Sotuvchilar haridorlarning e’tiborlarini jalb
qilishlari lozim, biroq xozirgi bozor munosabatlari sharoitida esa ushbu
masala oddiy masala hisoblanmaydi.
Qobiliyat – cheklangan resurs sifatida.
Ma’lum vaqt davomida biz
ma’lum bir miqdordagi axborotlarni qayta ishlashimiz mumkin. Qobiliyat
odatda axborotlarning porsiyasi ya’ni bir vaqtda qayta ishlanishi mumkin
bo‘lgan bir necha axborot turlari hajmi bilan o‘lchanadi. Axborot
manbaiga ko‘ra qobiliyat to‘rt-beshdan yetti porsiyagacha o‘zgarishi
mumkin va bu holat yetarli darajada yuqori ko‘rsatkich hisob-lanadi.
Bilish qobiliyatining taqsimlanishi e’tibor deb ataladi
. E’tibor ikki
holat bilan tavsiflanadi: yo‘nalishi va jadalligi. Yo‘nalish – e’tibor
qaratilagan tomondir. Iste’molchilar har qanday aniq vaqt davomida
mavjud bo‘lgan ichki va tashqi ta’sirlarni qayta ishlay olmasliklari sabali,
ularga ushbu cheklangan resursni tanlash asosida taqsimlashlariga to‘g‘ri
keladi. Ayrim ta’sirlarga e’tibor beriladi, ayrimlariga esa e’tibor
berilmaydi.
E’tiborlilik ma’lum bir yo‘nalishda jamlangan e’tiborning miq-dori
bo‘lib hisoblanadi. E’tiborni boshqa o‘zanga yo‘naltirishdan oldin,
iste’molchilar ta’sir etuvchini bilish uchun sarflaydigan e’tiborlariga teng
bo‘lgan e’tiborni sarflashadi.
|
| |