97
Muammoni cheklangan hal etilishi (MCHHE) esa kam darajada murakkab
bo‘ladi. Qo‘laylik uchun kontiniumning o‘rta qismiga o‘rta muddatli
muammoni hal etilishini qo‘yamiz.
Dastlabki qaror murakkab bo‘lsa (MKHE)
harid qilish sxemasi
markaga sodiqlikka tayanadi. Biroq muammoni cheklangan hal etilishi
(MCHHE) inersiya bo‘yicha harakatlanish odatiga olib keladi.
Qaror qabul qilish jarayoni yuqori darajada detallashtirilgan bo‘lsa,
bunda muammoni kengaytirilgan hal etilishi (MKHE) muqarrar bo‘ladi.
Muammoni kengaytirilgan hal etilishidan (MKHE) odatda yangi
avtomobil, qimmat kiyimlar, stereoapparatura va boshqa qimmat tovar va
xizmatlar
haridorlari foydalanishadi, chunki bunda xato qarorlarning
bahosi va tavakkalchiligi kattadir. Haridor to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishi
mo‘him ekanligi uchun, harid jarayoniga fikrlash
va baholash holatlari
hamroh bo‘ladi.
Qabul qilinadigan qarorlar kontiniumining eng chekka nuqtasi
muammoni cheklangan hal etilishi (MCHHE)hisoblanadi. Ko‘pchilik
hollarda haridorlarning ko‘p fikrlash uchun vaqti ham, mablag‘i ham,
hohishi ham bo‘lmaydi. Qoidaga ko‘ra jarayon maksimal soddalashadi va
axborot manbalari soni, muqobillar va tanlash mezonlari keskin kamayadi.
Harid oldidan minimal axborot va baholashdan foydalanishadi.
Boshqacha qilib aytganda ehtiyojlarni anglash
harid qilishni amalga
oshirishga olib keladi, harid kata qiziqish o‘yg‘otmaganligi sababli ko‘p
miqdordagi
axborotlar
talab
qilinmaydi.
Biroq
raqobatbardosh
farqlanuvchi tovarni taklif etuvchi xoxlagan tovar yetkazib beruvchi
vaqtinchalik ustunlikka ega bo‘lishi mumkin.
(MKHE) va (MCHHE) lar qaror qabul qilish
jarayoni kontiniumining
eng cheka nuqtalari bo‘lib hisoblanadi, biroq ular o‘rtasida qarorlarning
keng xajmda joylashishi mumkin.