Korxonalar (tashkilotlar) bozori
esa o‘z navbatida ishlab chiqarish
- texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat
tashkilotlari bozoriga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan
mahsulotlar bozori
deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va
shaxslarning majmui tushuniladi.
Davlat tashkilotlari bozori
deganda esa o‘z faoliyatlarini yuritish
uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma
bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar
bozori kam sonli haridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda
sotilishi bilan harakterlanadi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar “sotuvchi bozori”
va “haridor bozori”ga bo‘linadi.
87
“Sotuvchi bozori”
- unda tovarga bo‘lgan talab taklifdan oshib
ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, haridorning esa faol
ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda “pul tovar orqasidan
yuguradi”.
“Haridor bozori”
- bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning
uchun haridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xaizmatlar
orasidan hohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda haridorlar
ustunlikka ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol
ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda “tovar pul orqasidan
yuguradi”.
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq
kelishini “muvozanatli bozor” deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni
ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni
talab darajasiga yetkazish orqali bozorni to‘yintirish; yetarli darajada
mahsulotlar zahirasini barpo etish; haridorgir mahsulotlar narxini oshirish
va aksincha, talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini
pasaytirish va boshqalar.
Har qanday bozorda asosiy harakat iste’molchi tomonidan amalga
oshiriladi. Iste’mol bozorida minglab, millionlab iste’molchilar, ya’ni
individlar xraid jarayonini amalga oshiradilar. Iste’molchilarning harid
jarayonidagi hatti-harakatlari juda ko‘plab omillar asosida vujudga keladi.
Iste’molchilarning xatti-harakatlari iste’molchi xulq atvori sifatida
o‘rganiladi.
Iste’molchi xulq-atvorini o‘rganish faqat haridorning muayyan talab
va istaklari doirasida iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tijorat
korxonalariga emas, balki davlat miqyosida ham katta ahamiyatga ega.
Korxona rahbarlari o‘z rivojlanish strategiyalarini mukammal amalga
oshirishlari uchun iste’molchi xulq-atvorini zamonaviy marketing
konsepsiyasi sifatida tizimli va ilmiy yondoshgan holda o‘rganishlari
zarur.
Hozirgi raqobatning globallashuvi hamda keskinlashuvi sharoitida
korxona oldida to‘rgan muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlar birinchi navbatda segmentlarga mos ravishda (iste’molchilar
guruhiga) maqsadli yo‘naltirgan holda muvaffaqiyatga erishishlari
mumkin.
Iste’molchining o‘z talab va ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq
xulq-atvori mahsulotlar, xizmatlarni harid qilish, iste’mol qilish va
ulardan foydalanishga bevosita yo‘naltirilgan faoliyat hisoblanadi. Bu
faoliyatga mahsulotlar, xizmatlarni harid qilish, iste’mol qilish va ulardan
88
foydalanishdan oldin va keyin individiumda yuzaga keluvchi ijtimoiy-
psixologik uzgarishlar bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish jarayonlari
ham kiradi.
Iste’molchi xulq-atvorini iste’molchining tovar va xizmatlarni harid
qilishi (iste’moliga) ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillarning ta’siri, uning
dealiktik tarzda boskichma-boskich tadqiqotlar olib borishilishi, ijtimoiy-
madaniy muhitning ta’siri ostida istiqboldagi uning iste’moli bilan bog‘liq
jarayonlarni belgilash kabi ketma-ketlikda o‘rganish talab etiladi.
Iste’molchiga tovar to‘g‘risida haqqoniy ma’lumotlar berish, harid
jarayonini belgilangan tartibda amalga oshirish kabi munosabatlarni
barqaror
tashkil
etilishi
jamiyatni
erkinlashtirishga
hamda
modernizatsiyalashga qaratilgan yo‘nalishlarning markazida to‘ribdi.
Jamiyatimizni erkinlashtirishga karatilgan strategik yunalishlar zamirida
inson va uning talab istaklarini ruyobga chikarish, uning xayoti sifatini
yuksaltirish
hamda
faravonligini
oshirish
masalasi
yotibdi.
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganidek, jamiyat a’zolari yashashi kamol
topishi uchun barcha moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan extyojlarini
konunlar doirasida kondirishga haqli ekanligi kursatib utilgan.
Konunchilikda ko‘zda tutilgan tartib-qoidalar suiste’mol qilinishi oqibatida
iste’molchining huquqlari buzilganda sud himoyasini qo‘llashni hamda
kompensatsiya olish imkoniyatlari ham ko‘zda tutiladi.
Iste’molchining hayotida foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborot
dasturlari, motivatsiya va xulq-atvor bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga
asoslanishi lozim. Har qaysi iste’molchining bir necha variantdan anglab
yetilgan va erkin tanlash xuquqi erkin tadbirkorlik iqtisodiyotining asosi
hisoblanadi. Ushbu xuquq biznesdagi suiste’mol qilishlar natijasida
buzilganda, xukumat monopoliyalar xuquqini cheklashi va adolatsiz
savdodagi ko‘zbo‘yamachiliklarni oldini olishi lozim.
Iste’molchilar xuquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun va hujjatlar
ko‘pincha, ushbu qonunlarni ishlab chiquvchi xuquqshunoslarning uncha
katta bo‘lmagan guruhining fikr-muloxazalariga asoslanadi. Natijada
ushbu qonunlar faqatgina samarasiz bo‘lmay, balki ishlab chiqarish sohasi
uchun zararli bulishi mumkin. Iste’molchilar xuquqini himoya qilish
to‘g‘risidagi qonunlarni ishlab chiqishda ko‘proq ilmiy izlanishlarga
e’tibor berilsa, iste’molchilarning himoyalanishini yanada oshishiga
erishiladi.
Yaqin kunlargacha iste’molchini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar
marketing manfaatlari yo‘lida o‘tkazilar va “pozitivizm” paradigmasi
ko‘rinishini olar edi. Bunda qonunlar va xulosalarni umumlashtirish uchun
89
empirik, ya’ni amaliyotda tekshirib ko‘riladigan metodlar qo‘llanilar edi.
Hozirgi kunda pozitivizm mazmuni turli metod va maqsadlarni o‘z ichiga
oluvchi tadqiqot shakli, ya’ni “postmodern” bilan to‘ldirilmoqda.
Pozitivizm - falsafiy oqim bo‘lib, dunyoni bilib bo‘lmasligi to‘g‘risidagi
postulatga asoslangan falsafiy oqim hisoblanadi. Amaliyotda ko‘pincha
«modern» (zamonaviylik, jamiyatdagi texnologik inqilobiy siljishlar) va
«postmodern» (“muayyan texnologik emranishdan” keyingi davr)
tushunchalari asosan san’atdagi turli oqimlari sifatida qaraladi. Shu bilan
bir qatorda, ushbu tushunchaning siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, marketing
va boshqa mohiyatlari e’tiborga olinmaydi. Modernizmning mohiyati
mafkura, iqtisodiyot va bozor g‘oyalarining umumlashuvidan iboratdir.
Postmodern nazariyalari XX asrning 60-70 yillarida modernizmning
“engil” g‘oyalarini birlashuviga intiluvchi totalitar tuzumlarning
tanazzulga yuz to‘tishiga javob sifatida yuzaga keldi. Postmodern
tarafdorlari barcha uchun yagona g‘oyaning mavjud bo‘lishini inkor
etadilar. Barcha muammolarga keng e’tibor berilishini hamda barcha
vazifalarni hal etishga individual yondoshuvni talab qilinishini, bu
oqimning ijobiy tomoni sifatida qarash mumkin.
Barcha mamlakatlarda va barcha qit’alarda insonlarda iqtisodiy
rivojlanish va yanada mustaqil bo‘lishga intilish ko‘zatilmoqda. Sof
daromadlarning oshib borishi bilan turmushning o‘sib boruvchi standarti
tovarlarni harid qilishdagi ustuvor rag‘batlantirishga aylanib bormoqda.
Bularga bog‘liq holda “sinchkov” tadbirkorlar hamma joylarda ham
o‘zlarining real va kelgusi iste’molchilarini bilishlari, ularning
ehtiyojlarini, shaxsiy-madaniy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
qondirish orqali foyda olish mumkinligiga iqror bo‘lmoqdalar.
Korxonalarning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, marketing
strategiyasini iste’molchini o‘rganishni ketma-ket tadbiq etish hisoblanadi.
Iste’molchini tushunishda qo‘yidagi to‘rtta tushuncha (prinsip) asos bo‘lib
hisoblanadi:
1.
Iste’molchi – gegemon ekanligi;
2.
Iste’molchi motivatsiyasini va uning xulq-atvorini o‘rganish-
tushunish biznesning muvaffaqiyatga erishish garovi ekanligi;
3.
Iste’molchi xulq-atvori tashqi ta’sir ostida bo‘lishligi;
4.
Iste’molchi bilan ishlashda ijtimoiy qonunchilikka va axloqiy
o‘rnatmalarga rioya qilish bosh masala ekanligi.
Iste’molchi xulq-atvorini va motivatsiyasini tushunish hamda ularni
tovarlarni ishlab chiqarish va bozorda siljitish bo‘yicha chora-tadbirlarni
90
tashkil etishda e’tiborga olish, raqobatli muhit sharoitida yashab
qolishning absolyut zaruriyati hisoblanadi.
Iste’molchi tovarlar va xizmatlar bo‘yicha o‘z tanlovida mustaqil
bo‘lib, taklif etilayotgan tovar yoki xizmatlar iste’molchining ehtiyojlari,
zaruriyatlarini qondirishga mo‘ljallangan bo‘lsa, biroq marketingning
prinsipiga kura, motivatsiyaga ham, xulq-atvorga ham ta’sir etishadi.
Talabning latent (yashirin, botiniy-mavhum) ko‘rinishida mavjud
bo‘lganligi sabab, iste’molchi tovar va xizmatlarning sotilishida qulay
sharoitlar mavjud bo‘lsada, tovar va xizmatlarni tanlashi yoki aksincha
tanlovni inkor etishi individual harakterga ega. Marketingda latent
(yashirin, noaniq) o‘zgaruvchilar deb, odatda miqdor jihatdan hisoblab
bo‘lmaydigan
parametrlarga
aytiladi.
Bunga
zarurat,
asosan
iste’molchining xulq-atvori individning psixo-fizik holatlariga bog‘liq
insoniy hissiyotlar ta’sirida qabul qilingan tanlov real miqdorlarga
asoslanmagan qarorlarni qabul qilish yotadi. Bilvosita statistik metodlar
bilan bunday haridlar miqdorini prognoz qilish mumkin, lekin turli xil
omillar ta’sirida (mamlakatdagi siyosiy holatning o‘zgarishi, quyosh
faolligi yuqori bo‘lgan kunlar, reklamaning ta’siri, oiladagi munosabat va
boshqalar) real haridlar soni prognoz qilinadigan haridlar sonidan ancha
farq qilishi mumkin. Bugungi kunda talabni prognozlashda tovarning
qimmatdorligi (iste’mol qiymati, uning nafligi) aynan, iste’molchiga
bog‘liq shaxsiy-madaniy (individium), psixofizik (inson biofizikasi)
hamda antropometrik (inson konstruksiyasi), inson sotsiologiyasi (sotsium
elementi) kabi ko‘rsatgichlarga bog‘liqligidan kelib chiqqan holda, turli
xil fan sohalariga oid usul va amallarni alohida yoki kompleks yondoshgan
holda tadqiq etish ilgari surilmoqda. Bugungi kun ilm fanida iste’molchi
(inson) yurish-turish taomillarini (turli fazalarini) o‘rganishda (oqil inson)
miqdoriy yondoshuvi mavjud bo‘lib, u matematikaning kompleks sonlar
nazariyasida e’tirof etilgan usullariga tayangan holda iste’molchining
tovar xossalariga nisbatan taomilining modelini yaratish nazarda tutiladi.
|