82
tahdidlar), kuchsizlik va imkoniyatlar (KsI-kuchsiz imkoniyatlar),
kuchsizlik va tahdidlar (KsT-kuchsiz tahdidlar).
Har bir maydonda tadqiqotchi barcha bo’lishi mumkin bo’lgan juft
kombinasiyalarni va korxonaning rivojlanish
strategiyasini ishlab
chiqishda hisobga olinishi kerak bo’lganlarni ajratishi zarur.
Kuch va imkoniyatlar maydonidan olingan juftlikka nisbatan tashqi
muhitda paydo bo’lgan imkoniyatlardan sermahsul ishni olib borish uchun
korxonaning kuchli tomonlaridan foydalanish strategiyasini ishlab chiqish
zarur.
Kuchsizlik va imkoniyatlar maydonida namoyon bo’lgan
juftliklar
uchun strategiya shunday tuzilishi kerakki, paydo bo’lgan
imkoniyatlar
evaziga korxonada mavjud kuchsizliklarni yengishga harakat qilish kerak.
Agar juftlik kuch va tahdidlar maydonida joylashgan bo’lsa, u holda
strategiya korxona kuchini tahdidlarni yo’qotish uchun foydalanishga
qaratilishi kerak.
Nihoyat, kuchsizlik va tahdidlar maydonida
joylashgan juftliklar
uchun korxona shunday strategiyani tuzishi kerakki, u ham kuchsizlikdan
xalos bo’lishiga, ham tahdid qilayotgan tahdidning oldini olishga harakat
qilishga imkoni berishi kerak.
Strategiyani ishlab chiqayotganda shuni esda to’tish kerakki,
imkoniyatlar va tahdidlar o’zaro qarama-qarshilikka o’tishi mumkin.
Foydalanilmagan imkoniyatlar
tahdidga aylanishi mumkin, agar undan
raqibingiz samarali foydalansa. Aksincha, muvaffaqiyatli bartaraf qilingan
tahdid, raqiblar aynan mana shu tahdidni bartaraf qila olmagan holdagina
korxona oldida qo’shimcha imkoniyatlar ochib berishi mumkin.