|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis institutiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov Samarqand
5.1-rasm
.
Korxonaning makro muhiti
Aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi ko’pgina mamlakatlar
rahbarlarini va jamoa guruhlarini tashvishga solmoqda. Birinchidan,
planetamiz resurslari bunday miqdordagi aholini boqish uchun
yetishmasligi mumkin. Ikkkinchidan, aynan resurslari kam bo’lgan
mamlakatlarda aholi soni tez sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Bunday holat
aholining keng assortimentdagi tovarlarga bo’lgan talabini qondirishda
muhim muammoni vujudga keltiradi.
O’zbekiston Respublikasi ko’p millatli davlat bo’lib unda 100 dan
ortiq millat va elatlar yashaydi, aholisi esa 35 mln.dan ortiq. Keyingi
yillarda mamlakatda shaharsozlikni rivojlanishi shahar va qishloq
aholisining foizini tenglashtirmoqda.
Iqtisodiy muhit.
Ma’lumki bozor uchun insonlar mavjud bo’lishi
bilan bir qatorda, ularining xarid qilish qobiliyati ham bo’lishligi talab
etiladi. Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar
daromadlarining darajasi, aholining xarid qilish qobiliyati, shuningdek,
inflyasiya, kredit stavkalari, soliq solish stavkalri, aholining joriy
daromadlari, iste’mol savatining qiymati kabi ko’rsatkichlari bilan
aniqlanadi.
Tabiiy muhit.
Korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishida tabiiy
muhitning ham roli mavjuddir. Atrof muhitdagi o’zgarishlar korxona
ishlab chiqarayotgan va bozorga taqdim etayotgan tovarlarga ham ma’lum
darajada ta’sir ko’rsatadi.
Marketing nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi sharoitda tabiiy xom
ashyolar, gaz, oziq-ovqat, yogoch, neft, ko’mir zaxiralarining kamayib
borayotganligi natijasida katta muammolar paydo bo’lishi mumkin. Shu
sababli bu xom ashyolardan tejab-tergab foydalanish bugungi kunning
Ilmiy-texnikaviy
muhit
Iqtisodiy muhit
Siyosiy muhit
|
| |