|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis institutiBog'liq Marketing asoslari Darslik D H Xolmamatov S K Boyjigitov SamarqandIste’molchilar
– bular mazkur firma mahsulotining xaridorlari
hisoblanadigan jismoniy va huquqiy shaxslardir. Iste’molchilar jinsi,
yoshi, malakasi, ehtiyojlari tarkibi, daromadlari bo’yicha ma’lum
guruhlarga birlashtiriladi. Bozordagi hatti-harakatlarning strategiyasi
jihatidan iste’molchilar bir-biridan farq qiladigan besh turga bo’linadi.
Bular yakka iste’molchilar, oilalar yoki uy xo’jaliklari, vositachilar,
ta’minotchilar, davlat va jamoat korxonalarining mas’ul shaxslari yoki
xodimlaridir.
Aholining tovarlarni faqat o’zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib
oladigan qismi yakka iste’molchilar deb yuritiladi. Oilalar yoki uy
xo’jaliklari, asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini o’z ro’zg’ori
ehtiyoji uchun xarid qiladilar.
Vositachilar
esa ancha professional
xaridorlardir, asosan ular tovarlarni qayta sotib foyda olish maqsadida
sotib oladilar. Shu sababli ular tovar narxiga, uning o’rab joylanganligiga,
bezagiga, saqlanish muddatlari kabi omillarga katta e’tibor beradilar.
Ta’minotchilar
firmaning xodimlari hisoblanib, ular tovarlarni moddiy-
texnika ta’minoti uchun sotib oladilar. Davlat va jamoat muassasalarining
mansabdor yoki javobgar shaxslari esa o’zlarining mablag’larini emas,
balki jamoa mablag’larini tovar sotib olishga sarflaydilar.
Makromuhit asosan oltita asosiy kuchlardan tashkil topadi. Quyidagi
5.1-rasmda korxonaning makromuhiti keltirilgan.
Demografik muhit.
Aholining uning soni, zichligi va hokazolar
nuqtai nazaridan o’rganadigan fan Demografiya deb yuritiladi. Marketing
bilan shug’ullanuvchilar uchun demografik muhit katta qiziqish uyg’otadi,
zero bozor odamlardan tashkil topgandir. Hozirgi kunda aholi soni tez
sur’atlar bilan o’sib bormoqda va dunyo aholisi 6 mlrd kishini tashkil
etadi.
|
| |