79
muhim vazifalaridan sanaladi. Masalan,
energiyaning qimmatlashuvi
asosan neft qazish ishlari bilan bog’liq. Chunki, ularning zaxiralari
cheklangan va keyingi qazish jarayonlari yildan-yilga yirik investisiyalarni
talab etmoqda. Shu sababli keyingi yillarda quyosh, yadro,
shamol va
boshqa energiya manbalarini topish borasida muhim izlanishlar va
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ilmiy-texnikaviy muhit.
Ilmiy-texnikaviy muhit ilmiy texnika
taraqqiyoti ta’sirida shakllanadi va korxona
faoliyatida muhim rol
o’ynaydi. Hozirgi kunda bizda qo’llanilib kelayotgan tovarlarning
ko’pchiligi bundan 100 yillar avval mavjud bo’lmagan. Bugungi kunda
olimlarimiz ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtiruvchi ko’plab
yangi
texnologiyalar yaratmoqdalar. Ayniqsa informatika va hisoblash texnikasi,
biotexnologiya,
qattiq
jismlar
elektronikasi,
robototexnika,
materialshunoslik
sohalaridagi
yutuqlarimiz
insoniyatni
hayratga
solmoqda. Bu esa kundan-kunga yangi tovar paydo bo’lishiga zamin
yaratmoqda.
Biroq,
iste’molchilar
ishlab
chiqarilayotgan
va
bozorlarimizga kirib kelayotgan bu yangi tvarlarning tahdidsizligi haqida
ma’lum bir ma’lumotga ega bo’lishlari zarur.
Shu sababli davlat
korxonalari bu tovarlarni atroflicha o’rganishlari va aholi salomatligi
uchun tahdidli tovarlarning ishlab chiqarilishini qattiq nazorat qilishlari
maqsadga muvofiqdir.
Siyosiy muhit.
Marketing yechimlariga
siyosiy muhitda yuz
berayotgan voqyealar ham kuchli ta’sir ko’rsatadi. Siyosiy muhit o’z
ichiga mulkchilik, tadbirkorlik, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish
va reklama munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniyat va qonunlarni o’z
ichiga oladi. Shu sababli marketing bo’yicha faoliyat ko’rsatuvchi
xodimlar jamiyatning, iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishga
qaratilgan qonunlarni yaxshi bilishlari kerak.
Madaniy muhit.
Ijtimoiy-madaniy, ma’naviy-axloqiy
muhit ancha
murakkab hodisa bo’lsa ham ko’p jihatdan jamiyatning iqtisodiy va
siyosiy rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Umuman
olganda jamiyatdagi madaniy qadriyatlar insonlarning o’ziga, o’zgalarga,
jamiyatga, tabiatga va boshqa jamoatchilik institutlariga bo’lgan
munosabatlarida o’z aksini topadi. Korxonada
marketologlar marketing
yechimlarini topish jarayonida ana shu muhit ta’sirini ham hisobga
olishlari zarur hisoblanadi.