83
Matrisa
quyidagicha
tuziladi:
yuqorida
gorizontalda
imkoniyatlarning korxona faoliyatiga ta’sir darajasi joylashtiriladi (kuchli,
o’rtacha, oz), chapda vertikalda korxonaning imkoniyatdan foydalana olish
ehtimoli joylashtiriladi (yuqori, o’rtacha, kam). Matrisa ichida hosil
bo’lgan 9 ta imkoniyatlar maydoni korxona uchun turli ahamiyatga ega.
YuK, YuO’ va O’Q maydonlariga kiruvchi imkoniyatlar korxona uchun
katta ahamiyatga ega va ularni albatta qo’llash kerak. O’O, KO’ va KO
maydonlariga kiruvchi imkoniyatlar esa amaliy jihatdan korxona e’tiboriga
arzimaydi. Qolgan maydonlarga kiruvchi imkoniyatlarni agar korxona
yetarli resurslarga ega bo’lsa, qo’llash mumkin.
Tahdidlar matrisasi
Bu kabi matrisa tahdidlarni baholash uchun tuziladi. Yuqorida
gorizontaliga korxonada tahdidlarning amalga oshishiga olib keluvchi yuz
berishi mumkin bo’lgan oqibatlar joylashtiriladi (vayronlik, tang holat,
og’ir vaziyat, “yengil latlar”). Chapda vertikaliga tahdidning amalga
oshish ehtimoli joylashtiriladi (yuqori, o’rtacha, kam) (5.4-rasm).