84
korxonaning faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli
marketologlar muhit doirasida bo’layotgan o’zgarishlarni diqqat bilan
kuzatib borishlari kerak.
Odatda, ichki va tashqi muhit farqlanadi.
Makro muhit yoki tashqi
sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan
iborat.
Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik,
geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy,
texnologik, ijtimoiy-madaniy va
boshqa harakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro muhit yoki
ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati
va uning imkoniyatlariga
bevosita tegishli. Mikro muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining
nazorati ostida bo’ladi (faoliyat sohasini aniqlash,
kadrlarni tanlash,
xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati,
maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo’llarini tanlash,
raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish,
marketing vazifalarini
yechish).
SWOT tahlil usulini qo’llash orqali korxonaga xos bo’lgan kuchli va
kuchsiz o’rtasida hamda tashqi tahdid va imkoniyatlar o’rtasida aloqa
yo’llarini o’rnatishga erishiladi. SWOT tahlil usuli avval kuchli va kuchsiz
tomonlarni aniqlashni, shuningdek, tahdid va imkoniyatlarni, undan so’ng
ular o’rtasida korxona strategiyasini aniq ifoda qilish uchun ishlatilishi
mumkin bo’lgan aloqa zanjirini o’rnatishni mo’ljallaydi.