86
VI BOB. BOZOR VA ISTE’MOLCHILARNI O‘RGANISH
6.1. Iste’mol bozori va haridorlar xatti-harakati.
6.2. Bozor kon’yunkturasi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
6.3. Haridorlarning harid tanlovi, harid to‘g‘risida
qaror qabul qilish
jarayoni.
6.1. Iste’mol bozori va haridorlar xatti-harakati.
Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar
ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan
oldi-sotdi munosabatlari
tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul
muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda
bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga
ehtiyoj sezuvchi va uni
qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmui
tushuniladi.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obektlar bo‘yicha
tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori,
qimmatli
qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori va boshqalar shular
jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va
korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.
Iste’mol bozori
- bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining
shaxsiy
ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat
bo‘lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va
markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan harakterlanadi.