100
Qisqacha xulosalar
Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar
ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan
oldi-sotdi munosabatlari
tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul
muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obektlar bo‘yicha
tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori,
qimmatli
qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori va boshqalar shular
jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va
korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.
Har qanday bozorda asosiy harakat iste’molchi
tomonidan amalga
oshiriladi. Iste’mol bozorida minglab, millionlab iste’molchilar, ya’ni
individlar xraid jarayonini amalga oshiradilar. Iste’molchilarning harid
jarayonidagi hatti-harakatlari juda ko‘plab omillar asosida vujudga keladi.
Iste’molchilarning xatti-harakatlari iste’molchi
xulq atvori sifatida
o‘rganiladi.
Iste’molchilarning xulq-atvori deganda tovar xarid qiluvchilarning
tovarni tanlash va sotib olish jarayonida tushinib yetgan xatti-harakatlari-
ning majmui tushuniladi. Korxonaning yoki
firmaning bozorda samarali
faoliyat ko’rsatishida ham ko’p hollarda iste’molchilarning xulq-atvorini
o’rganish muhim hisoblanadi. Aynan, iste’molchilarning tovarning har xil
xususiyatlariga, baho o’zgarishiga, reklamaga bo’lgan munosabatini yaxshi
tu-shunib yetgan firma raqobatchi firmaga qaranganda bir muncha
qulayliklarga ega bo’ladi. Shu sababli ham firma va uning ilmiy xodimlari
marketing-ning qo’zg’atuvchi omillari va xaridorlarning javob reaksiyalari
o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq qilishga ko’p vaqtlarini sarf qiladilar.
Tayanch so’z va iboralar.
bozor, iste’mol bozori,
haridor bozori,
sotuvchi bozori, iste’molchi xatti-harakati, iste’molchi xulq atvori,
haridorlarning
harid tanlovi, nisbiy harid, nisbiy iste’mol.