106
Demografik belgi bo’yicha bozorni segmentlarga
ajratish bozorni
jins, yosh,
oilaning kattaligi, oila hayotining
bosqichlari va shu kabi
demografik o’zgaruvchilar asosida guruhlarga bo’lishdan iborat.
Demografik o’zgaruvchilar
– iste’molchilar guruhlarini bo’lish
uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi segmentasiyaning
eng mashhur
omillaridir. Bu, bir tomondan, ehtiyojlar, afzalliklar va tovarlarni iste’mol
qilish intensivligi ko’pincha demografik belgilar bilan uzviy bog’liq
bo’lishi;
ikkinchi tomondan, demografik
xususiyatlar boshqalarga
qaraganda oson o’lchanishidan kelib chiqadi.