110
Ommaviy
marketing
hamma
iste’molchilarning
umumiy
ehtiyojlarini afzal ko’rgan holda butun bozor
ahvolidan xabardorlikni
uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo’lgan tovarlar sotish
hajmini ko’paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilarning
ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab
chiqiladi. Chuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo’qolgani
sababli marketingga bo’lgan xarajatlar ham nisbatan kam bo’ladi.
Differensiallashgan marketing
ayrim segmentlarda,
ayrim vaqtda
har xil talablar va tavsiflarga ega bo’lgan ularning majmuilarida
qo’llaniladi. Bu yerda iste’molchilarning talablarini to’laroq qondirish,
bozordagi o’rinni kelajakda mustahkamlash
maqsadida korxona tomonidan
turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o’rganishga to’g’ri
keladi, ya’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish, ayniqsa tovar
assortimentini
kengaytirish, reklama faoliyati, rag’batlantirish va sotish
yo’nalishlarida. Bularning hammasi marketingga
sarflangan xarajatlarni
ko’paytiradi.